B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet37/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

HO


HO

Hav

r~*
HO

SYOK

■2

■ ^



H2O

.avo -



Na,CO3

NaOH

20°C

5


8-chizma. Sintetik yog‘ kislotalarini olish prinsipial texnologik sxemasi.

66

Qattiq parafin uglevodorodlarni oksidlaganda gidroperoksid ho- sil bo‘ladi hamda u bir qancha va turli yo‘nalishlarda parchalanib, aldegidlar, ketonlar, kislotalar va boshqa mahsulotlar hosil qiladi. Shunday qilib, ilk parafinlar oksidlab destruksiya qilinishi oqibati- da kislotalar hosil bo‘ladi. Kislorod istalgan uglerod atomiga biri- kib olishi mumkinligini hisobga olinsa, uzilish ham istalgan yerdan amalga oshishi mumkin. Shu bois oksidlash natijasida C dan C25 gacha bo‘lgan keng gamma kislotalar hosil bo‘ladi.

SYOK ishlab chiqarish quyidagi sxema asosida amalga oshirila- di.

Zanglamas po‘latdan yoki aluminiydan tayyorlangan kolonnaga parafin (1 qism yangi va 2 qism jarayonga qaytarilgan) solinadi va 120°C gacha isitiladi. Ushbu haroratda suvda tayyorlangan 15% li Kmn04 eritmasi - katalizat parafin bilan alohida apparatda aralash- tirib beriladi. Kaliy permanganat parafinda yaxshi taqsimlanadi va shu bilan birga u Mn02 gacha qaytariladi. Kolonnaga katalizator (parafinga nisbatan 0,1-0,3% miqdorda) solingandan so‘ng havo (1t parafinga 60 m3/soat) beriladi. Jarayon 20-24 soat davomida amalga oshirilib, reaksiya oxirida harorat 120°C dan 105°C gacha pasaytiriladi.

Oksidlash 30-35% chuqurlikkacha olib boriladi.

Reaksiya tugallangandan so‘ng oksidat kukunsimon katalizator qoldig‘idan tozalash uchun tindirgichga yo‘naltiriladi. So‘ngra oksidat quyi molekular kislotalar va katalizator qoldiqlaridan suv yorda- mida yuviladi. Yuvilgan katalizat sovunlanishga jo‘natiladi. Sovun- lash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi: 1-bosqich - karbon kislota- larni 25% li soda eritmasi bilan sovunlanishi:

2RCOOH+Na2CO3 90-100 °c ) 2RCOONa+H2O+CO2



1-bosqich sovunlanishdan so‘ng oksidat tindiriladi, bunda 1-sovunlanmagan va asosan parafindan tashkil topgan mahsulot aj- ratib olinadi va oksidlashga qaytariladi. Sovunlashga mahsulotni 30% li NaON bilan avtoklavda 160-170°C temperaturada keyingi sovunlanishi amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot tindiriladi, bunda qo‘shimcha miqdorda 1-sovunlanmagan mahsulot hosil bo‘ladi va u oksidlashga qaytariladi. Ayrim hollarda unga borat kislota bilan ishlov berib, spirtlar (8-10%) ajratib olinadi. Sovun ishqorda ish-

67


lov berilgandan so‘ng ishqor bilan birga pechga jo‘natiladi. U yerda 320-340°C temperaturada va 20-22 atmosfera bosimi ostida murak- kab efirlar, ketonlar va laktonlarni sovunlanishi amalga oshiriladi (2-bosqich).

Mahsulotlar pechdan so‘ng kolonnaga yo‘naltiriladi. U yerda 320°C temperaturada II sovunlanmagan mahsulotlar va suv haydab ajratiladi. II sovunlanmagan mahsulotlardan borat kislota bilan ish- lov berish oqibatida yog‘ spirtlar (kislotalarga nisbatan 20%) ham ajratib olinadi. Ularning 2/3 qismi birlamchi, 1/3 qismi esa ikkilam- chi spirtlardir. Spirtlar ajratib olingach II sovunlanmagan mahsulot- lar oksidlashga qaytariladi.

Quruq sovun suv bilan yoki natriy sulfatni suvli eritmasi bilan suyultirilib, parchalash uchun yo‘naltiriladi. Parchalash 9296% konsentratsiyali sulfat kislota yordamida 80-90°C da amalga oshiriladi. «Xom» yog‘ kislotalar natriy sulfat eritmasidan tindiri- ladi va kislota qoldiqlaridan suv bilan yuvishga jo‘natiladi. So‘ng ular suvsizlantiriladi va vakuum kublar sistemasiga distillatsiya uchun yo‘naltiriladi.

Birinchi kubda 160-180°C da va 200-300 mm sim.ust. qoldiq bosimida C5-C6 kislotalar haydaladi.

Ikkinchi kubda 170-180°C da va 20 mm sim.ust. qoldiq bosimida C7-C9 kislotalar haydaladi.

Navbatdagi kubda 185°C da va 15 mm sim.ust. C10-C13 kislotalar haydaladi. To‘rtinchi kubda 200°C da va 15 mm sim. ust. C13-C18 kislotalar va so‘nggi kubda 280°C da va 15 mm sim.ust. C17-C20 kislotalar haydab olinadi.

Ayrim hollarda C23-C25 kislotalar 310°C da va qoldiq bosim 15 mm sim.ust. ajratib olinadi.

Sintetik yog‘ kislotalar 10% gacha dikarbon kislotalarni o‘z ichi- da saqlaydi.

Bir tonna parafindan 450-600 kg C10-C20 sintetik yog‘ kislotalar va 100 kg ga yaqin C10-C20 sintetik yog‘ spirtlar olinadi.




    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling