B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet33/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Propan va butanni oksidlash

Propan va butanni oksidlash 430-450°C haroratda hamda 7-10 atmosfera bosim ostida olib boriladi. Oksidlash natijasida formaldegid, atsetaldegid, atseton, metil va etil spirtlari va boshqa mahsu- lotlar olinadi. Bosim oshishi bilan spirtlarning salmog‘i ham orta- di. Oksidlovchi sifatida kisloroddan foydalaniladi. Butanni aluminiy fosfatda 410°C haroratda va 20 atmosfera bosimi ostida oksidlagan- da reaksiya mahsulotlarida 13% metanol, 22% formaldegid va 3% atsetaldegid uchraydi.

Qator hollarda oksidlashga individual uglevodorodlar emas, balki yo‘ldosh gaz uchratiladi. Hamdo‘stlik davlatlarida ishlab chiqilgan usul bo‘yicha 1 m3 yo‘ldosh gazdan 125 g formaldegid hosil bo‘ladi, shu bilan birgalikda yuqori kaloriyalik (400 kkal/m3) energetik yoqilg‘i sifatida ishlatib bo‘lingan gaz olinadi. Jarayon 0,2% NO initsiatori ishtirokida 600-700°C haroratda va 0,10-0,15 sek kontakt vaqtida olib boriladi.

Suyuq fazada propan va butanni oksidlash jarayoni katta qiziqish uyg‘otadi. Hamdo‘stlik davlatlarida (R.F)da ishlab chiqilgan butanni oksidlab sirka kislota olish jarayoni kobalt yoki marganets tuzlari ishtirokida sirka kislota muhiti sharoitida 165-170°C va 60 atmosfera bosimi ostida amalga oshiriladi. Sirka kislota olishning ushbu usuli boshqa hamma sanoat usullari (atsetaldegidni oksidlash, etil spirtini oksidlash, keten orqali atsetondan)ga taqqoslanganda iqtiso- diy afzaldir.

Sirka kislota olishning butan kabi yaxshi xomashyo bo‘lgan C5- C7 parafin uglevodorodlar saqlovchi, qaynash temperatura chegarasi 30-90°C bo‘lgan yengil va to‘g‘ridan to‘g‘ri neft fraksiyalari ham xizmat qiladi.

Oksidlashni marganets, kobalt yoki vannadiy tuzlari katalizatori- da 145-215°C, 42 atmosfera bosimi ostida olib boriladi.

Rossiya Federatsiyasida sirka kislotaning katta miqdori atsetaldegidni oksidlab olingan.

62


1.1.1.З. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlab olingan mahsulotlarni asosiy ishlatish yo‘nalishlari

Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlab olingan kislorod saqlov- chi mahsulotlarni eng muhimlari formaldegid, metil spirti, sirka kis- lota, atsetaldegidlardir.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling