B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet34/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Formaldegidni fenol va mochevina bilan polikondensatsiyalab sintetik smolalar; atsetaldegid bilan kondensatsiyalab pentaeritrit; uglerod dioksidi va vodorod bilan reaktsiyasi orqali glikol kislota, so‘ngra esa etilenglikol; polimerizatsiyalab paraform-aldegid olina- di.

Metil spirti. Metil spirtining 50% i formaldegid ishlab chiqarish- ga sarflanadi. Metanol erituvchi sifatida ham, akril va ftal kislotalari efirini sintezida ham ishlatiladi.

Sirka kislota. Sirka angidridi, vinilatsetat, turli metall atsetatlari olishda ishlatiladi.

Atsetaldegid. Sirka kislota, sirka angidridi, pentaeritrit, akrolein, xlorli hosilalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Quyi parafin uglevodorodlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash jara- yonlari jarayonni past selektivligi, oksidlash mahsulotlarini ajratib olishning qiyinligi bois keng rivojlanishga ega emas, biroq ushbu jarayonlar doimo mukammallashtirib borilmoqda.




  1. Suyuq parafin uglevodorodlarni spirtlarga oksidlash

Suyuq parafin uglevodorodlarni oksidlash sintetik yuvish vosita- lari ishlab chiqarishda zarur xomashyo bo‘lgan C10-C20 oliy yog‘li spirtlar olish uchun yo‘naltirilgan.

Yaqin-yaqingacha spirtlar yog‘lardan, ya’ni oziq-ovqat xomash- yosidan yuqori yog‘ kislotalarni yoki ularni efirlarini gidrirlab olinar edi.

Rossiya Federatsiyasi neftkimyo sintezi institutida rus olimi A.N. Bashkirov tomonidan parafinlarni suyuq fazada yo‘naltirilgan oksidlashni yangi usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usul bo‘yicha oliy spirtlar olinib, birinchi bor Rossiyada 1957-1958-yillarda sanoatga tatbiq qilingan. Xomashyo sifatida dizel fraksiya (200-350°C)-sidan ajratib olingan yoki uglerod atomlari soni C10-C20 bo‘lgan Fisher- Tropsh sintezi orqali olingan parafin uglevodorodlar ishlatiladi. Bun- day parafin uglevodorodlarni t =275-320 °C va t =24 26°C ga tengdir.


63


Oksidlash jarayonini sekinlashtirishi bois xomashyoda aromatik uglevodorodlar 0,5% dan ortmasligi lozim.

Parafin uglevodorodlarni oksidlash jarayoni 3-4% kislorod saq- lovchi azot-kislorod aralashmasi bilan ilk xomashyo 4-5% borat kislota (uglevodorodlar og‘irligiga nisbatan olganda) ishtirokida 165-170°C haroratda 2-3 soat muddatda olib boriladi.

Oksidlash reaksiyasi quyidagi sxema orqali namoyish etilishi mumkin:

1. Parafin uglevodorodlarni gidroperoksidgacha oksidlash:



RCH2 - CH2 - CH3 + O2 ^ RCH2CH(OO) - CH3



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling