B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet42/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

> CH2 = CH - CH2OH + CH3 - C(O) - CH3

75




  1. Propilenni oksidlab ammonoliz qilib akrilonitril olish

Propilenni oksidlab olingan akroleindan va ammiakdan akrolonit- ril olish mumkin:


СН2 = СН - С + NH3 + 0,5 О2 ^ СН = СН - С = N +2Н2О H

Jarayon bir bosqichda - propilenni oksidlash orqali ammonoliz qilib olib boriladi. Ushbu jarayon 1959-1960-yillarda ishlab chiqil- gan bo‘lib, quyidagi reaksiya bo‘yicha ketadi:

CH=CH-CH3+1/202+NH3 ^ CH2=CH-C=N+3N20

Reaksiya akrolein hosil bo‘lish bosqichi orqali ketadi.

Jarayon 450°C haroratda, 3 atmosferaga yaqin bosimda yoyuvchi-silikagel bo‘lgan molibden, vismut, kobalt, xrom va bosh- qa oksidlar bor katalizatorlarda amalga oshiriladi.

Oksidlovchi ammonolizda ishlatiladigan propilenni kontsentrat- siyasi 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Reaksiyani, portlash xav- fi bor kontsentratsiya hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, suv bug‘i ishtirokida olib boriladi: komponentlarning nisbati stexiomet- rik ko‘rsatkichga yaqin:

C3H6:NH3:02:N20=1:0,7:1,7:3

3 6 3 2 2

Propilenning bir o‘tishdagi konversiyasi 60% ni tashkil qilib, se- lektivlik 75% atrofidadir.

Oksidlovchi ammonoliz jarayoni, odatda, regeneratsiyasiz 6 oy ishlaydigan statsionar katalizatorlarda olib boriladi. Reaksiya mah- sulotlari reaktordan chiqishi bilan temperaturani 250°C gacha pasay- tirish uchun suv yordamida toblashga yo‘liqtiriladi so‘ngra ammiak- ni neytrallash qaynoq ammoniy sulfat va sulfat kislota bilan amalga oshiriladi. Ammiak mavjudligida akrolonitrilni polimerizatsiyasi o‘ta samarali borgani sababli neytralizatsiya jarayoni uning oldini olish uchun zarurdir.

Akrilonitril va yonaki mahsulotlar - atsetonitril, sinil kislotasi suv bilan yuttirilib, so‘ng ekstrfaol distillatsiya vositasida akrilonitril ajratib olinadi.


76

yil

AQSH

Angliya

Fransiya


Italiya

GFR

Yaponiya


1990

30,0













77,4

2000

89,1

100

100

77,3

92,8

100


Akrilonitril boshqa ayrim usullar bilan ham olinishi mumkin: eti- len oksidi va vodorod sianiddan; atsetilen va sinil kislotadan; at- setaldegid va sinil kislotadan. Akrilonitrilni propilenni oksidlovchi ammonoliz orqali sintezi eng ko‘p iqtisodiy foyda keltiruvchi hisob- lanadi.

Respublikamizda akrilonitril «Nitron» sintetik tolasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. U benzin va moyga chidamli nitril kauchuklari, plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Akrilonitril ishlab chiqarish quvvatlari kapitalistik davlatlar- da 1960-yili bor-yo‘g‘i 150 ming t./yil bo‘lsa, 1970-yilga kelib 1,6 mln tonnadan ortib ketdi. Akrilonitrilga bo‘lgan talab akril tolalari- ni ishlab chiqarishni keskin ortishi oqibatida dunyo bo‘yicha sintetik tolalar ishlab chiqarish umumiy hajmining 20% ini tashkil qildi (1970-y.). AQSHda akrilonitril sotishning umumiy hajmidan 60% i akril tolalarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, G‘arbiy Yevropada ushbu ko‘rsatkich 80% ni tashkil qiladi.

Akrilonitrilbutadienstirol (ABS) va akrilonitrilstirol (AS) smolalar (yiliga o‘rtacha 15-20% ga) hamda nitril (yiliga 4% ga) kauchukini ishlab chiqarish o‘sa boshlagani bois akrilonitrilni iste’mol qilish ham ortdi. Akrilonitrilni AQSHda iste’mol qilish ham ortdi. Quyida akrilonitrilni AQSHda iste’mol qilish struk- turasi (%da) keltirilgan bo‘lib, u boshqa rivojlangan davlatlarga ham xarakterlidir:

Akril tolasi

ABS va AS smolalari

Nitril kauchuklari


60


12

8


77

Boshqalar (eksport ham ichida) 20

Butadien va izopren olish jarayonida erituvchi sifatida ishlatiluv- chi atsetonitril oksidlovchi ammonolizda 10% atrofida hosil bo‘ladi.




    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling