B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Propilen oksidini etilbenzoldan olish usuli


Download 0.74 Mb.
bet39/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Propilen oksidini etilbenzoldan olish usuli

«Halqon» firmasi tomonidan taklif etilgan propilen oksidi olishning boshqa jarayoni - etilbenzolning gidroperoksidini ishlatishga asoslangan. Ushbu jarayon sanoat sharoitlarida qo‘llab ko‘rilgan va yaxshi natijalar ko‘rsatgan.

Jarayon uch bosqichdan iborat:

  1. Etilbenzolni gidroperoksidga oksidlash:


Reaksiya 100-120°C haroratda va 3-5 atmosfera bosimi ostida ketadi, oksidlash havo bilan amalga oshiriladi. Katalizatorlar sifatida molibden, volfram, vanadiy naftenatlari va boshqalar ishlatiladi.


71


Gidroperoksidning salmog‘i miqdoriy, u yetarli barqaror va kont- sentrlangan holida ajratib olinishi mumkin.
  1. Propilenni etilbenzol gidroperoksidi yordamida propilen oksidi va metilbenzil spirtiga aylantirib epoksidlash:



U


СН-СНя
I

ООН

Ushbu reaksiya 80-130°C haroratda, 17,5-70 atmosfera bosimi ostida 1-3 soatda ketadi. Katalizator sifatida marganets naftenati ish- latiladi. Olefin: gidroperoksid=2,6:1 mol nisbatda.

Gidroperoksidni amaldagi to‘la konversiyasida propilen oksidini salmog‘i 90-95% ga yetadi.


  1. Metilbenzil spirtini stirolgacha degidratatsiyasi:


Ushbu reaksiya 220-250°C da yoyuvchidagi titan oksidi ishtiro- kida ketib, stirol miqdoriy salmoqda hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, jarayon ikki qimmatli mahsulot - propilen oksidi va stirol olish imkoniyatini beradi.

Hozirgi vaqtda chet mamlakatlarda propilen oksidi ishlab chi- qarish quvvatlari 1,5 mln.t ga, ishlab chiqarishning o‘sishi 15% ga to‘g‘ri kelayapti.

Etilen va propilen oksidlari mos holidagi glikollar, etanol va pro- panolaminlar hamda noionogen yuvish vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Etilen oksidi sintetik kauchuk va tolalarning ilk monomeri bo‘lgan akrilonitril ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.




      1. Download 0.74 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling