B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


-chizma. Ekstrfaol distillatsiya soddalashtirilgan sxemasi


Download 0.74 Mb.
bet28/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

5-chizma. Ekstrfaol distillatsiya soddalashtirilgan sxemasi:

1-ekstrfaol haydash kolonnasi; 2-aromatik uglevodorodlarni ajratib olish

kolonnasi.

Uglevodorodlar aralashmasi (I) 1-kolonnaga keladi, u yerga sof, yangi va jarayonga qaytarilgan fenol (VI) kiritiladi. 1-kolonna yuqorisidan noaromatik uglevodorodlar (II) chiqadi, pastidan esa aromatika+fenol (III) chiqib, 2-kolonnaga aromatik uglevodorodlar (IV) ni ajratib olish uchun beriladi: 2-kolonna tubidan ajralib chiqa- yotgan fenol (VI) sof, yangi fenol (V) bilan qo‘shilib 1-kolonnaga boradi.


54


6.2.4. Ksilollarni ajratib olish

Ksilollarni ajratib olish ma’lum qiyinchiliklarga ega, chunki frak- sion tarkibga kirgan uglevodorodlar o‘z fizik xossalariga ko‘ra juda yaqin.

Quyidagi jadvalda ksilol fraksiyasi tarkibiga kirgan uglevodorod- larning qaynash va muzlash haroratlari (°Cda) keltirilgan:


7-jadval

6-chizma. Ksilol fraksiyasini individual uglevodorodlarga ajratish printsipial

sxemasi:

1-o-ksilolni ajratish qurilmasi; 2-etilbenzolni ajratish qurilmasi; 3-p-ksilolni


ajratish qurilmasi; 4-p-ksilolni ajratish maqsadidagi xomashyoni tayyorlash quril-
masi; 5-m-ksilolni ajratish qurilmasi.

Ksilollar aralashmasi 1-kolonnaga orto-ksilolni (III) ajratib olish uchun keladi. 1-kolonna tepasidan mahsulotlar retsirkulyat (IV) bilan aralashgan holida 2-kolonnaga etilbenzolni (V) ajratib olish uchun keladi, 2-kolonna tubidan xomashyo 3-apparatga kristallizat- siyaga boradi. Bunda p—ksilol (VII) ajraladi, xira eritma (VIII) esa


  1. kolonnaga keladi, kolonna tepasidan p-ksilolni qo‘shimcha ajratib olish uchun 2-kolonnaga yuborilayotgan retsirkulyat (IV) chiqarib olinadi, 4-kolonnadan chiqayotgan qoldiq (IX) m-ksilolni (X) va



55


qoldiq ksilol fraksiyasini (XI) ajratib olish uchun 5-apparatga kiradi.

Keltirilgan chizma p—ksilol va etilbenzolni yuqori salmoqda 88 va 99% (xomashyodagi ularning miqdoriga mos holida) olish imkoni- yatini beradi.

Yaponiyada ksilollarni ajratib olishning yangi orginal usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usulda HF.BF3 aralashmasi ishlatilib, dastavval u yordamida xomashyodan m-ksilol to‘la ekstraktsiyalanadi (0-10°C), qolgan uglevodorodlar rektifikatsiyada oson ajraladi. HF.BF3 komp- leksining yana bir e’tiborini tortadigan xossasi: temperatura 100°C gacha ko‘tarilsa metaksilolni orto- va para- ksilollarga izomerizatsi- yasi amalga oshadi.




  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling