6.13. Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik
uglevodorodlarni dealkillash
Mazkur jarayon Germaniyada ikkinchi jahon urushi yillari keng joriy etilgan bo‘lib, yuqori oktanli benzinlar va aromatik uglevodo- rodlar olish uchun qo‘llanilgan. AQSHda jarayon benzol va naftalin olish maqsadlari uchun keng ko‘lamda olib boriladi. Xorijda benzol va naftalinni yetishmay qolganligi sababli ushbu jarayon tez rivojla- nadi. Dealkillash jarayonining 2 turi mavjud: termik va katalitik.
Reaksiya sxemasi:
CH3
benzol
Termik dealkillash 750°C da 40 atmosfera bosimi ostida bora- di. Jarayon haroratini pasaytirish va benzolning salmog‘ini oshirish maqsadlarida qo‘llanma adabiyotlarda molibden, kobalt, nikel oksid- lari (aluminiy oksidida) yoyuvchili katalizatorlarni ishlatish hamda katalitik deallash jarayonini 620°C da amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud. Bunda xrom va aluminiy oksidlari asosidagi katalizatorlarga afzallik berilgan.
6.1.4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan va ikkilamchi
distillatlar pirolizi
Piroliz smolalaridan aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. Smolaning salmog‘ini xomashyo turiga bogTiqligi quyidagi jadval- dan ko‘rinib turibdi.
50
Piroliz xomashyosi
| |
Smolaning salmog‘i (og‘irlik % da)
| |
Yengil benzin (40-140°C)
|
20-25
|
Og‘ir benzin (100-180°C)
|
25-30
|
Kerosin-gazoyl f.r. (145-345°C)
|
30-35
|
Piroliz rejimiga o‘ta talabchan bo‘lish, ya’ni haroratni 720°C dan 800°C ga ko‘tarish aromatik uglevodorodlarning salmog‘ini 14,4% dan 81% gacha ortishiga olib keladi.
Piroliz smolasi 2 yo‘nalish bo‘yicha qayta ishlanadi:
Faqat yoqilg‘i mahsulotlari olish uchun;
Asosan aromatik uglevodorodlar olish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |