B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Atsetilenni ajratib olish usullari


Download 0.74 Mb.
bet23/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Atsetilenni ajratib olish usullari

Turli usullar bilan atsetilen ajratib olingan gazning tarkibidagi miqdori taxminan 15% ni tashkil etadi, atsetilenning salmog‘i esa 30-50% gacha o‘zgarib turadi.

Sanoat miqyosida piroliz gazlari tarkibidan yuqori kontsentratsi- yali atsetilenni absorbsiya usuli bilan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olinadi.

Absorbsiya usuli atsetilenni turli suyuq absorbentlarda gazning boshqa komponentlariga nisbatan yuqoriroq eruvchanligiga asoslan- gandir.

Absorbsiya jarayoni normal temperaturada olib borilib, selektiv erituvchilar: N-metil pirrolidon, dimetilformamidlarda va past temperatura (-70°C)da esa metanol hamda atseton erituvchilari yorda- mida olib boriladi.



  1. Aromatik uglevodorodlar

Neftkimyo ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosidan aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, etilbenzol, izopropilbenzol, stirol, metilstirol, naftalinlar olish katta ahamiyatga ega.




HC

HC


CH
/ \


CH HC


CH / \


C- HC CH


CH3

C
X \

C- HC CH


CH3
/C\

CH HC


CH3
^C

xCHH^ CHHC CH HC C- HC\ /

CH CH CH CH CH3 C

Benzol Toluol Orto- Meta- CH3

Para-


H

CH


ksilollar

Neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlardan keng foydalani- ladi.

Xorij ma’lumotlariga ko‘ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20% i fenol olishga, 10% i sintetik tola ishlab chiqarishga va qolgan 30% i yuvish vositalari ish- lab chiqarish, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo‘ladi.

47

Neftkimyoda (50-55%) toluol plastmassalar, portlovchi modda- lar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti holida ishlatiladi.

Ksilollarning asosiy (35% qismi) erituvchi sifatida, yana shun- chasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Orto-ksilol ftal angidridi ishlab chiqarishda foydalaniladi, nafta- lin o‘rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo‘lmish tereftal kislota- si olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab, izoftal kislotasi olinadi. Undan esa plastifikatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi, izomerlab paraksilol olinadi; yuqori oktan sonli benzinlar uchun ham komponent hisoblanadi.

Uzoq yillar mobaynida aromatik uglevodorodlar olishning aso- siy manbai bo‘lib koksokimyo sanoati hisoblangan, bunda 1 tonna toshko‘mirdan 10 kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning go- mologlarini toshko‘mir smolasidagi miqdori foizning o‘ndan biriga to‘g‘ri kelsa-da, aromatik uglevodorod resurslaridan bo‘lgan ushbu manbani e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, chunki ko‘mirni kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling