B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Suyuq parafin uglevodorodlarni qo‘llanilashi
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq parafin uglevodorodlar
- Olefin uglevodorodlar
Suyuq parafin uglevodorodlarni qo‘llanilashi
Izopentan-sintetik kauchuk monomeri-izopren ishlab chiqarish- da ishlatiladi. C6-C10 parafin uglevodorodlarning asosiy qo‘llanish sohasi maxsus erituvchilar sifatida ishlatilishi bilan chegaralanadi. C10-C20 parafin uglevodorodlar esa spirtgacha oksidlashda ishlatilib, hosil bo‘lgan mahsulotlar sintetik yuvish vositalarini olishda ishlatiladi. Qattiq parafin uglevodorodlar Qaysi neft konidan chiqqanligiga qarab neftni moy fraksiyasi (300-500°C)ni deparafinlaganda 30% gacha parafini bo‘lgan C20-C40 qattiq parafin uglevodorodlar olinadi. Moylarni deparafinlash erituvchilar yordamida olib boriladi. Surkov moylari fraksiyasi to‘g‘ri 21
keladigan erituvchi (metiletilketon-benzol, atseton-benzol, benzol- dixloretan aralashmalari, suyuq propan)da eritiladi, so‘ngra eritma sovitiladi va bunda ajralib qolgan parafin filtrlash yo‘li bilan ajrati- ladi. Erituvchi filtratdan haydaladi va jarayonga qaytariladi. Parafin qoldiq moydan qaynoq erituvchi (masalan, metilen xlorid) bilan yu- viladi. C20-C40 qattiq parafin uglevodorodlar sintetik yuvish vosita- lari ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich xomashyo hisoblangan a-olefinlar va sintetik karbon yog‘ kislotalarini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, terish = 40-42°C li parafinlar gugurt, teri sanoatida, terish=50-52°C li parafinlar sham ishlab chiqarishda, ho‘l mevalarni konservalashda, kosmetikada, farmatsevtika sanoatida, fotografiya va shu kabilarda ishlatiladi. Olefin uglevodorodlar Yuqorida ko‘rib o‘tilgan parafin uglevodorodlardan farqli o‘laroq, olefinlar neft va gaz tarkibida bo‘lmaydi, destruktiv qayta ishlash ja- rayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan- da uning tarkibida mavjud bo‘lgan faqat uglevodorod fraksiyalari ajraladi. Destruktiv qayta ishlash destruksiyani, ya’ni og‘ir (yuqori haroratda qaynaydigan) uglevodorodlarni quyi haroratda qaynaydi- ganlarga parchalashni o‘z ichiga oladi. O‘tgan asrning 20-yillarida neftni destruktiv qayta ishlash usullari rivojlana boshlagani va destruktiv qayta ishlash mahsulotlarida quyi qaynar uglevodorodlarning, ya’ni benzinning miqdori oshganligi bois, ular motor yoqilg‘isi resurslarini oshirishga xizmat qilgan. Bun- day qayta ishlashning destruktiv usullarini ishlatish ko‘rsatkichlarni nafaqat benzin resurslarini miqdoran oshirish, balki jarayonda hosil bo‘lgan mahsulot sifatini oshiruvchi yuqori oktan sonli uglevodorodlar hisobiga yaxshilash orqali ham erishiladi. Sanoatda etilen uglevodorodli xomashyo piroliz qilib olinadi. Pi- rolizda etilen bilan bir qatorda ko‘pgina miqdorda propilen va biroz butenlar, butadienlar hosil bo‘ladi. Propilen va butenlarning boshqa manbai biz yuqorida ta’kidlagan neftni qayta ishlash zavodlarining gazlaridir. 22
Gaz holidagi olefin uglevodorodlar qatoriga etilen, propilen, buti- lenlar (butilen-1; butilen-2, izobutilen) kiradi. Ushbu uglevodorod- larni olish uchun xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar hamda suyuq neft mahsulotlaridan foydalaniladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling