B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


r !" "Y Spirt va efir rektifikatsiyasi


Download 0.74 Mb.
bet55/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

2 r !"
"Y

Spirt va efir
rektifikatsiyasi



H2SO4 Polimerlash


11-chizma. Propilenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilib etil spirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi.

96


Kerakli kontsentratsiyadagi sulfat kislota 1-absorberni yuqori li- kopchasiga, quyi likopchasiga esa berilgan bosimgacha avvaldan si- qilgan olefinlar yo‘naltiriladi. Absorberda alkilsulfatlar hosil bo‘ladi va ularni qisman gidrolizi sodir bo‘ladi. Kolonnaning o‘rta likop- chalaridan 2-nasos yordamida suyuqlikning bir qismi yuqori likop- chaga uzatiladi. 1-absorberdan chiqayotgan gazda kislota sachratqi- lari, spirt va efir bug‘lari bo‘ladi. Shu sababli, u 3-drosselli jo‘mrak yordamida bosimi pasaytirilgach 4-skrubberda suv bilan yuviladi, yuvindi suv esa gidroliz bosqichida ishlatiladi. 1-absorberni quyi qismidan reaksion massa 3-reduksion jo‘mrak orqali o‘tib, bosimi 1,5 atmosfera bosimi ostida gacha pasaytiriladi va 5-gidroli- zer - aralashtiruvchiga tushadi. Bu yerga suv 4-skrubberdan beri- ladi. Suyultirilgan massa 6-gidroliz-bug‘latgichga tushadi va alkil- sulfatlarni gidrolizi yakunlanadi, spirt, efir va polimerlar ajratiladi. 6-Gidrolizerdan chiqayotgan suv, spirt, efir va polimer bug‘larida kislota xarakterli qo‘shimchalar mavjud, shu sababli 5% -li NaOH eritmasi kiritilayotgan 7-likopcha tipidagi neytralizatorga yubori- ladi. Neytralizatorga suv bug‘ini bevosita berish natijasida reaksi- ya mahsulotlarining kondensatsiyasining oldi olinadi. So‘ngra ular 8-sovitkich-kondensatorda kondensatlanadi. Olingan kondensat spirt va efirlarning suvdagi eritmasi bo‘lib, polimerlar emulsiyasini o‘z ichida saqlaydi. Ularni ajratish uchun kondensat 10-separatorga yo‘naltiriladi. U yerda 9-yuvgich suvi bilan qo‘shimcha suyultiril- gach va so‘ngra tindirilgach polimerlar to‘liq ajraladi. 9-yuvgichda polimerlar bilan ushlab qolingan spirt va efir ajratib olinadi; 10- separatorda yuvishga qo‘llanilgan suv kondensatni suyultirishga va polimerlarni to‘liq ajratib olishga ishlatiladi.

Spirtning suvli eritmasi (odatda, 25% ga yaqin)ni va efir (3-5%) ni 11-yig‘gichda yig‘iladi va u yerdan rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.

Analogik sxema bo‘yicha etil spirti olinadi.




  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling