CO va H2 nisbati
Odatda, CO va N2 nisbati 1:1 dan 1:8 gacha tebranib turadi. Reaksiya tenglamasiga binoan ilk moddalarning ekvimolekular nis- batlari kerak, biroq, odatda, vodorod biroz ko‘proq (1:1,2) olinadi. Vodorodni ko‘proq bo‘lishi ma’qulroq, chunki uning bir qismi hosil bo‘ladigan aldegidlarni gidrogenlashga sarf bo‘ladi.
Izo- va normal tuzilishli aldegidlarni gidrogenlash vodorod bilan nikel katalizatori ishtirokida 175-180°C da va 50-200 atmosfera bosimi ostida olib boriladi va quyidagi reaksiyalar ketadi:
CH2OH
(R-CH-CH3
Izo - tuzilishli birlamchi spirt
RCH^CHz-CHzOH
normal - tuzilishli birlamchi spirt
100
Katalizatorning kiritish sxemasi
Katalizatorning sistemaga kiritish usuli va uni regeneratsiya qi- lish yo‘li bilan jarayonni texnologik bejash farqlanadi. Odatda, kata- lizator sistemaga uch usul bilan kiritiladi:
Suspenziyalashtirilgan katalizatorli sxema.
Juda maydalangan yoyuvchi (kizelgur) yuzasida kobalt metali o‘tirib qoladi va so‘ng reaktorga keladi.
Usul kamchiliklari: apparaturaning eroziyasi, katalizator tayyor- lash operatsiyalarining murakkabligi va beso‘naqayligi.
Ikki reaktorli va triadali sxemalar.
Katalizer-apparat yuzasiga kobalt metalli o‘tirib qolgan statsi- onar yoyuvchi bilan to‘latiladi. Shu apparatning o‘zida 150-180°C haroratda va 200-300 atmosfera bosimi ostida kobalt karbonili hosil bo‘lishi va ularni xomashyoda erib ketishi amalga oshadi. Shunday yo‘l bilan tayyorlangan katalizator karbonillash reaktoriga boradi.
Tuzli sxemalar.
Kobalt reaktorga yog‘ yoki naften kislotalarning tuzi ko‘rinishida kiritilib, so‘ngra reaksiya sharoitlarida kobalt karbonillari hosil bo‘ladi:
2R(COO)2Co+8CO+2H2 ^ 4RCOOH+Co2(CO)8
Do'stlaringiz bilan baham: |