Jarayonning kamchiliklari
Birinchi bosqichda toksik, yong‘in jihatdan xavfli va portlash xavfi bor moddalar (aluminiy uch etil va yuqori aluminiy uchalkil- lar) ishlatilishi;
Bir tonna spirt olish uchun aluminiy katta sarfi (60-100 kg).
Quyi spirtlar - etil, butil spirtlar hosil bo‘lishi, ularni ushbu usul bilan olish iqtisodiy yaxshi emas, C20- spirtlarga esa barqaror talab yo‘q.
Bosimni qo‘llanilishi jarayonni qimmatlashtiradi.
Biroq yuqorida sanab o‘tilgan hamma kamchiliklarni xomashyo- ning arzonligi kompensatsiyalaydi, bundan tashqari, zanjirida ugle-
102
rod atomi juft son bo‘lgan spirtlar hosil bo‘ladi va ularni bir-biridan oson ajratib olish mumkin. Ular asosida biologik to‘la parchalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan sintetik yuvish vositalari olinadi.
Ikki atomli spirtlarni olish
Ikki atomli spirtlardan eng ko‘p ahamiyat kasb etgani etilen- (CH2OH-CH2OH) va propilenglikol (CH3-CHOH-CH2OH) lardir.
ikki atomli spirtlar erituvchi sifatida, sintetik mahsulotlar (lavsan tolasi), antifriz ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Etilenglikol olish usullari
Etilenglikol quyidagi usullar bilan olinadi:
Dixloretandan:
CH2Cl - CH2Cl що’Ca(OH)2 > CH2OH - CH2OH + CaCl2
Etilen xlorgidrindan:
CH OH - CH 2Cl H 2O,Ca (OH )2 > CH OH - CH 2OH + CaCl2
Etilen oksidini gidratatsiyalab:
HO
CH2 - CH2 —2—> CHOH - CH2OH
O
Uchinchi usul eng kelajagi porloq usuldir; 1- va 2- usullarda xlor katta miqdorda sarf qilinadi hamda xlor mineral tuz (CaCl2) ko‘rinishida chiqarib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |