B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.74 Mb.
bet63/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Poliolefinlarni ishlab chiqarish

Hozirgi vaqtda poliolefinlarning quyidagi turlari ishlab chiqarila- di:


  1. Quyi zichlikdagi polietilen (yuqori bosimli).


  2. Yuqori zichlikdagi polietilen (quyi bosimli).


  3. O‘rta bosim polietileni.


  4. Polipropilen.


  5. Etilen va propilen sopolimerlari.


  6. Buten-1, 4-metilpenten-1, amilenlar asosidagi boshqa yuqori polioleflar.


Poliolefinlarga poliizobutilen va butilkauchuklarni ham kiritish lozim, biroq ushbu polimerlar kauchuksimon xossalariga egaliklari bois, ular sintetik kauchuklarga kiritiladi.

Hozirgi vaqtda hamma poliolefin turlaridan eng katta ishlab chiqarish hajmini yuqori bosim polietileni egallaydi. Ishlab chiqarila- yotgan yuqori va quyi bosim polietilenlarini miqdoriy nisbati-3:1. Biroq keyingi paytlarda quyi bosim polietilenini, ayniqsa, polipro- pilenni ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Bu yaqin ke- lajakda ushbu nisbat buzilib, quyi bosim polietileni va polipropileni foydasiga hal bo‘ladi.

Poliolefinlar zanjirli jarayonlar mexanizmi bo‘yicha polimerlash usuli bilan olinadi. Zanjirli polimerizatsiyada jarayon boshlanishidan avval radikal yoki ion bo‘lishi mumkin bo‘lgan yuqori faollikka ega bo‘lgan oraliq mahsulot hosil bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra, radikal


109


zanjirli polimerizatsiya va ion zanjirli polimerizatsiyalar farqlanadi. So‘nggi holida ion zaryadi musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin, shuning uchun ion zanjirli polimerizatsiya kationli va anionlilarga bo‘linadi.

Zanjir reaksiyalarning xarakterli o‘ziga xos xususiyati - ularning yuqori tezligi va zanjirni o‘sish bosqichida yetarli katta ekzoter- miklikdir. Jarayonning har bir bosqichida dimer, trimer va shu kabi barqaror mahsulotlar hosil bo‘ladigan bosqichli polimerizatsiyadan farqli o‘laroq, zanjirli polimerizatsiyada jarayon oxiriga yetgunga qadar beqaror makroradikallar yoki makroionlar mavjud bo‘ladi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling