Yuqori zichlikdagi quyi bosimli polietilenni ishlab chiqarish
Polietilenning quyi bosim ostidagi sintezi birinchi bor 50- yillarning o‘rtalarida nemis kimyogari Sigler tomonidan ochilgan katalizator vositasida amalga oshirildi. Etilenning polimerlash reak- siyasi katalizator-aluminiytrialkil (AlR3) va titan IV xlorid (TiCl4) -
118
lardan hosil bo‘luvchi katalitik kompleksda, uglevodorodli erituvchi (geptan, «kalosha» benzini, siklogeksan)da olib boriladi.
Polimerlash reaksiyasi katalizatorlari Mendeleyev davriy siste- masining birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhi metallarining bosh- qa alkanli birikmalari ham bo‘lishi mumkin. Biroq uchetilaluminiy Al(C2H5)3, uchizobutilaluminiy [Al(izo-C4H9)3] va dietilaluminiy xlorid [Al(C2H5)2Cl] lar ko‘proq ishlatiladi.
Etilenni polimerlashning ushbu usuli ko‘pchilik davlatlarda keng rivojlangan.
Sigler metallorganik katalizatorlarini olish usullari
Hamdo‘stlik mamlakatlarida polimer materiallari ilmiy-tekshirish instituti tomonidan qilingan ishlar natijasiga ko‘ra, quyi bosimli po- lietilenni sanoatda ishlab chiqarishning Sigler metallorganik katali- zatorlarida davriy va uzluksiz sxemalari ishlab chiqilgan. Katalizator oltingugurtga va kislorod saqlovchi qo‘shimchalar (xususan, suvga va kislorod)ga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi.
Uchetilaluminiy va uchizobutilaluminiylar turli usullar bilan oli- nishi mumkin:
To‘g‘ridan to‘g‘ri sintez quyidagi reaktsiyalarga asoslangan:
Al + 3 / 2H2 + 3C2H4 30 am,-11° > Al(C2H5 )3 + kkal /mol
Do'stlaringiz bilan baham: |