B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
З.З. Xomashyo tozaligining ta’siri
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etilenning quyi bosimda polimerizatsiya qilish jarayonini texnologik rasmiylashtirish
- 13-chizma. Q‘uyi bosimda polietilen ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi
1.2.1.З.З. Xomashyo tozaligining ta’siri
Etilen xomashyosida etilen gomologlarini yoki erituvchida to‘yinmagan uglevodorodlarning bo‘lishi polietilenning molekular og‘irligining pasayishiga olib keladi. Atsetilen va uning gomologlari polimerizatsiya zanjirining uzilis- hi oqibatida molekular og‘irlikni pasaytiradi. Bundan tashqari, atsetilen katalizator komponentlari bilan birikmalar hosil qiladi va nati- jada ular spirt yordamida eritmaga o‘tib ketmaydi va shu bois oxirgi mahsulotda kulning miqdorini oshiradi. Suv katalizator kompleksini gidrolizlaydi, natijada titan va alu- miniylarni erimaydigan tuzlari hosil bo‘lib, ular polietilenda qolib, uning kul hosil qilish darajasini oshiradi. Erituvchi tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan aromatik uglevodorodlarning mavjudligi quyi molekular «mum»ni hosil bo‘lishiga olib keladi, shu sababli ularning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.
121
Etilenning quyi bosimda polimerizatsiya qilish jarayonini texnologik rasmiylashtirish Polimerlash jarayoni davriy va uzluksiz amalga oshirilishi mum- kin. Uzluksiz jarayonda reaktor sifatida aralashtirgich qurilmali ko- lonna ishlatilishi mumkin. 13-chizmada uzluksiz usul bilan ishlaydigan quyi bosimli polieti- len ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi keltirilgan.
1-katalizator tayyorlash sig‘imi; 2-reaktor; 3-bug‘latgich; 4-filtr; 5-suvni to- zalash kolonnasi; 6-yengil fraksiyalarni haydash kolonnasi; 7-reflyuks sig‘imi; 8-erituvchini haydash kolonnasi; 9-erituvchini quritish kolonnasi.
Haydab olingan erituvchi toza erituvchi bilan aralashtirilib, kolonnada quritiladi va yana reaktorga hamda katalizator eritmasi 122
tayyorlashga yo‘naltiriladi. Polietilen quritilgandan so‘ng granulana- di va qayta ishlashga berib yuboriladi. Qurilmaning hamma appara- turasi azot «nafasi» sistemasiga ulab qo‘yilgan. Apparaturani ishga tushirishdan avval sistema azot bilan shamol- latiladi, ishlash vaqtida esa havo va suv bilan bog‘lanib qolmaslik uchun azotli «nafas olish» sistemasiga bog‘lanadi. Azot toza (99,9% dan kam emas) bo‘lishi kerak. Quyi bosimda polietilen olish usuli yuqori bosimda polietilen olish usullariga nisbatan afzalliklarga ega:
yuqori bosimli apparaturalarni qo‘lashga ehtiyojning yo‘qligi; yuqori bosimdagiga nisbatan kam kapital mablag‘ kiritilishi; bir o‘tishda etilen konversiyasining yuqorililigi (deyarli 100%). Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling