B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Polipropilen va boshqa poliolefinlar ishlab chiqarish


Download 0.74 Mb.
bet76/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Polipropilen va boshqa poliolefinlar ishlab chiqarish

Sigler katalizator sistemasi ishtirokida anionli polimerizatsiyani ochilishi oqibatida yuqori molekular birikmalar va boshqa olefinlar- ni olish amalga oshirildi. Xususan, mashhur Italiya kimyogari Natt mehnatlari evaziga 1956-1957-yillarda turli xil propilenlar olindi. Polipropilen ishlab chiqarish jarayoni quyi bosimda etilenni poli- merizatsiyasi bilan ko‘p umumiylikka ega, biroq ayrim o‘ziga xos joylari ham bor.

Ishlatiladigan katalitik sistemaga bog‘liq holida ko‘proq yoki kamroq kristallik darajali, regular yoki noregular tuzilishli polimer- lar hosil bo‘lishi mumkin.

Propilenni Al(C2H5)3 va TiCl4 sistemasi bilan polimerlaganda juda quyi kristallik daraja (40-50%)li polimerlar olingan.

TiCl4 ni TiCl3 bilan almashtirish (ushbu xizmat Nattga taalluqli) kristallik darajasi 80-90% bo‘lgan polimerlar olish imkoniyatini berdi.

Shuning uchun propilenni polimerlashni farqlovchi o‘ziga xos xususiyati sifatida Al(C2H5)3 va TiCl3 lardan tarkib topgan katalitik sistemani qo‘llanilishidir; so‘nggi komponent TiCl4 ni vodorod bilan 650°C da qaytarib olinadi.

Propilen etilenga nisbatan katta qiyinchilik bilan polimerlangani sababli, jarayon katalizator komponentlari Al(C2H5)3: TiCl3 ni 2,3:1 nisbatda olib boriladi. Erituvchi sifatida, odatda, geptan ishlatiladi, boshqa yengil qaynovchi uglevodorodlar yoki to‘yingan xarakterda- gi uglevodorod fraksiyalari ham qo‘llanilishi mumkin. Propilenning polimerizatsiyasini 65-70 °C haroratda va 10-12 atmosfera bosimi- da olib boradi. Xomashyo sifatida yuqori konsentrlangan propilen (99%) yoki Rossiyada taklif etilgan propan-propilen fraksiyasi (30% propilen) ishlatilishi mumkin. So‘nggi holida erituvchi sifatida propan xizmat qiladi. Propilenni polimerizatsiyasida etilennikiga (872 kkal/kg) nisbatan ancha kamroq miqdorda issiqlik (285 kkal/kg) aj- ralib chiqadi, bundan tashqari, propilen kamroq adgeziya qobiliyati- ga egadir. Ushbu omillar issiqlikni faqat «ko‘ylak» orqali olib chiqib ketish bilan chegaralanishga imkon beradi, issiqlik bir qismi erituv- chini bug‘lanishi, uni kondensatlanishi va jarayonga qaytarilishi yo‘li bilan olib chiqib ketilishi ham mumkin.

Katalizator kompleksini erituvchidagi konsentratsiyasi 0,1-0,2%


128


atrofida, katalizator sarfi esa 4% gacha yetadi. Bir o‘tishda propilen- ning 98% i polimerga aylanadi. Propilenni polimerlash jarayonini boshqa ko‘rsatkichlari Sigler katalizatorida etilenni polimerlash jara- yonidagi kabidir.

Polimerizatsiya natijasida quyidagi sifatdagi polipropilen olinadi.

Molekular og‘irligi 40-700 ming (texnik-200 ming).

Erish harorati, °C 164-170.

Zichlik, g/sm3 0,90-0,92.

Uzilishga mustahkamlik chegarasi, kg/sm2 330-360.

Polipropilenning molekular og‘irligini sistemaga regulatorlar deb ataluvchi harakatchan vodorod atomli birikmalar hisoblangan aminlar, merkaptanlar yoki vodorod yodid yoki vodorodning o‘zini qo‘shish bilan ham ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin.




  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling