B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish


Download 0.74 Mb.
bet74/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

O‘rta bosimda polietilen ishlab chiqarish

Quyi bosimda polietilen ishlab chiqarish usuli kashf qilinishi bilan bir vaqtda etilenning yuqori molekular polimerini 35-70 atmosfera bosimi atrofida va 100 dan 270°C gacha haroratda olish mum- kinligi haqida axborot e’lon qilingan. Ushbu jarayonlar Amerika fir- malari tomonidan 1950-1965-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu usullar bo‘yicha olingan mahsulot o‘rta bosim polietileni deb nom oldi.

Jarayonning katalizatorlari sifatida xrom oksidi, molibden oksidi asosidagi hamda nikel va kobalt metallik katalizatorlar taklif etilgan. Ishlatiladigan katalizator va jarayonni olib borish sharoitlariga qarab olinayotgan polimerlar bir-biridan o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi.



  1. Xrom oksidi katalizatorida polimerlash

Xrom oksidi katalizatorida polimerlash jarayoni 135-190°C haroratda va 30-40 atmosfera bosimi ostida ketadi.

Katalizator alumosilikat yoyuvchi (10% Al2O3 va 90% SiO2) us- tiga berilgan xrom oksidlaridan iborat. Katalizatorda xrom oksidlari 3-6 % ni yoki xromga qayta hisob qilinganda 1,5 - 3,0%, bunda xrom oksidining 70-80% olti valentli xrom oksidi CrO3 dan va 2030% - uch valentli xrom oksidi Cr2O3 dan iborat, 3:2 nisbat optimal hisoblanadi. Olti valentli xromni uch valentli xromga to‘la qaytaril- sa, katalizator o‘z faolligini yo‘qotadi.

123


Polimerizatsiya jarayoni qo‘zg‘almas katalizatorda ham, uzluksiz sxema bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ikkala holida ham jarayon erituvchi (ksilollar, parafin uglevodorodlar va shu kabilar)- da olib boriladi, ushbu jarayonda erituvchining roli juda katta: u eti- lenning erituvchisidir, polimerizatsiya issiqligini olib qoladi va hosil bo‘layotgan polimerni eritadi, shu yo‘l bilan katalizator yuzasini polimer cho‘kindilardan muhofaza qiladi.

Jarayon etilenni erituvchida avvaldan 35 atmosfera bosimi ostida va 15-30°C da eritib olishdan iborat, bunda 2-5% li etilen eritmasi hosil bo‘ladi. Ushbu erituvchi 150°C haroratgacha issiqlik almash- tirgichda isitiladi va reaktorga yo‘naltiriladi. Etilenning konversiyasi to‘liq amalga oshadi. Yuqori haroratda polietilen erituvchida erisada, erituvchi mavjudligiga qaramay katalizatorga polimerning eng yuqori molekular fraksiyalari cho‘kadi, bu esa katalizatorni davriy ravish- da regeneratsiya qilib turish zaruratiga olib keladi. Regeneratsiya 450-500°C da havo bilan amalga oshiriladi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling