B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etilenning Sigler katalizatorlarida anionli polimerizatsiyasi
- 1.2.1.З. Polimerizatsiya jarayoniga turli parametrlarning ta’siri Harorat ta’siri
Al + 3 / 2 H2 + 3 izo - C4 H8 > Al (izo - C4 H9)3 + 67 kkal / mol
Ushbu mahsulotlar havo bilan kontaktda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi. Shuning uchun etilenning polimerlash reaksi- yasini metallorganik katalizatorlar ishtirokida azot atmosferasida o‘tkaziladi. Dietilalyuminiy xlorid mayda dispers alyuminiyni etilxlorid bilan o‘zaro ta’sirlab ekvimolekular alkilalyuminiy xloridlarni aralashma holida hosil qilib, so‘ng ularni natriy metali bilan ishlov berib olina- di:
119
Etilenning Sigler katalizatorlarida anionli polimerizatsiyasi Etilenning kompleks metallorganik katalizatorlarda polimerlanish reaksiyasi anionli polimerizatsiya usuli bilan amalga oshiriladi: zanjirning o‘sishi: C2H4 + Al(C2H5)3 ^ C2H5 - CH2 -CH2Al(C2H5)2 ^ C2H5(CH2CH2)n+l Al(C2H5)2 zanjirning uzilishi: Katalitik kompleksning nisbatini o‘zgartirib, turli molekular og‘irlikka ega bo‘lgan polietilen olish mumkin: Al(C2H5)3:TiCl4=1:1-1:1,2. Mol og‘irlik 70000-350000; Al(C2H5)3:TiCl4=2:1. Mol og‘irlik 3 mln. gacha (qayta ishlash qiyin); Al(C2H5)3:TiCl4=1:2. Mol og‘irlik < 30000. Odatda, Al(C2H5)3:TiCl4=1:1,2 nisbat ishlatiladi. 1 kg polietilen uchun Al(C2H5)3- 0,2%, TiCl4- 0,3% sarf bo‘ladi. Katalizator suvga va kislorodga ta’sirchan bo‘ladi. Al Shu bois xomashyoda kislorod va namlik bo‘lmasligi kerak. Reaksiya tugagach katalizatorni yo‘qotib tashlash uchun izopro- pil spirti va benzin aralashmasi bilan yuviladi polietilen:
Benzin quyi molekular polietilenni eritadi. Biroq hamma katali- zatorlarni polietilendan to‘la yuvib tashlash imkoniyati yo‘qligi sa- babli polietilen yuqori bosimli polietilenga nisbatan quyi dielektrik xossalarga ega bo‘ladi. 1.2.1.З. Polimerizatsiya jarayoniga turli parametrlarning ta’siri Harorat ta’siri Polimerizatsiya uchun optimal harorat 80°C ga teng. Yuqoriroq temperaturada jarayon tezligi bir qancha ortadi, biroq polimerni ke- 120
yingi ishlov berishda (sentrifugalarni tiqilib qolishiga olib keladi) qiyinchiliklarga olib keluvchi ko‘p miqdorda quyi molekular poli- merni hosil qiladi. Bosim Polimerizatsiya reaksiyasini atmosfera bosimi ostida olib borish mumkin, ammo etilenning hajmiy tezligi va katalizatorni ishlatish optimal hisoblangan 2-3 atmosfera bosimdagiga nisbatan anchagina past. Biroq bosimni 3 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya issiqligi- ni olib chiqib ketish uchun gaz sirkulatsiyasining orttirishni talab qiladi. Bosimning keyingi 5-10 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya temperaturasi (80°C)da erituvchining bug‘lanishini kamayishiga olib kelgan bo‘lar edi. Reaksiya issiqligini olib chiqib ketish uchun, yoki yengilroq qaynovchi erituvchi yoki bo‘lmasa polimer zarralarini olib chiqib ketilishiga olib keluvchi gaz sirkulatsiyasi miqdorini oshirish talab qilinadi. Yengilroq qaynaydigan erituvchini ishlatishi katalizatorni tayyorlashda erituvchini ko‘p miqdorda uchib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga olib kelar edi. Bosim ortishi bilan polietilenning molekular og‘irligi ortadi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling