B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen ishlab chiqarish


Download 0.74 Mb.
bet65/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

Quyi zichlikdagi (yuqori bosimli) polietilen ishlab chiqarish

Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash - radikal mexanizmi bo‘yicha ketuvchi zanjir jarayondir. Reaksiyaning initsiatori kislo- roddir, biroq peroksidlar ham ishlatilishi mumkin. Reaksiya katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.




  1. Yuqori bosim ostida etilenni polimerlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar

Ushbu omillar quyidagilardan iborat:


  1. Bosim va harorat.


  2. Kislorod miqdori.


  3. Reaksiya vaqti.




  1. Bosim va haroratning ta’siri

Etilenni yuqori bosim ostida polimerlash reaksiyasi 650-700 atmosfera bosimi ostida boshlanadi, chunki bunday quyi bosimda etilen zichligi polimerizatsiyani boshlanishi uchun zarur bo‘lgan zarralarni o‘zaro to‘qnashish soni (boshqacha qilib aytganda, gaz molekulalarini yetarli kontsentrasiyasi)ni ta’minlaydi. Bir harorat va kislorodning doimiy sarfida moddalarni bir-biriga aylanish «chuqur- ligi» bosimga proporsionaldir, chunki faol markazni monomer mo- lekulasi bilan kontakt bo‘lish ehtimoli o‘sadi. Shuning uchun yuqori molekular mahsulotlar olish uchun g‘oyat yuqori bosim qo‘llanilishi


111


lozim. Masalan, etilenni polimerlashda (bir xil haroratli sharoitlar- da) 1100 atmosfera bosimi ostida molekular og‘irligi 9000 ga yaqin bo‘lgan polimer hosil bo‘ladi. Agar 1500-2000 atmosfera bosimi ostida qo‘llanilsa molekular og‘irligi 15*103,20x103 bo‘lgan po- lietilen olish mumkin. 520 atmosfera bosimi ostida va boshqa teng sharoitlarda molekular og‘irligi 2000 bo‘lgan polietilen olinadi. Ja- rayonni olib borishda harorat etilenning konversiyasini ko‘p jihat- dan aniqlab beradi. Harorat ortishi bilan reaksiyaning «chuqurligi» ortadi va o‘sha konversiyaga yetishish uchun reaksiya vaqti kama- yadi. Biroq birinchidan, polietilenning sifati sezilarli yomonlashadi, chunki haroratning 300°C gacha ko‘tarilishi oqibatida hosil bo‘lgan «bo‘yalgan polietilen» deb atalgan polietilen parchalanishiga olib keluvchi yonaki jarayonlarni ham tezligi ortadi. Ikkinchidan, 260°C dan yuqori haroratda polimerizatsiya va parchalanish reaksiyalari- ning tezlashishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik hosil bo‘lib, reaksiya zonasidan chiqib ketishga ulgurmay qoladi, jarayonni boshqarish qiyinlashadi va oqibatda u portlashga olib kelishi mumkin. Shu bois harorat 260-270°C bilan chegaralanadi. Ishlatiladigan haroratning quyi chegarasi peroksidlarni olish va parchalash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda polimer zanjir o‘sishi hosil bo‘lgan erkin ra- dikallar asosida amalga oshiriladi. Initsiator sifatida molekular kis- lorod ishlatilganda etilen peroksidi 1500 atmosfera bosimi ostida 150°C haroratda hosil bo‘ladi. Peroksidni parchalash temperatura- ning orttirishni taqozo qiladi.

Jarayonni optimal harorati 100 dan 260°C gacha hisoblanadi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling