Radikal polimerizatsiya
Radikal polimerizatsiya jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Boshlang‘ich erkin radikal hosil qilish bilan reaksiyani initsir- lash.
Hosil bo‘lgan radikalga o‘sib boruvchi makromolekulani chek- ka zvenosiga erkin valentlikni saqlagan holida monomer molekulasi- ni ketma-ket ulash, ya’ni erkin radikal xossasini saqlagan holida.
Erkin valentlikni to‘yinishi hisobiga makroradikalni o‘sishdan to‘xtashi va makromolekulani hosil bo‘lishi.
Ushbu bosqichlarning har biri biroz kengroq ko‘rib chiqiladi.
Radikal polimerizatsiyani initsirlash deganda, monomer yoki initsiator molekulasidan birlamchi faol radikalni hosil bo‘lishi tushuniladi.
Erkin radikallar turli omillar ta’siri natijasida hosil bo‘lishi mum- kin. Ushbu omillarga qarab quyidagi polimerizatsiya xillari farqlana- di:
Termik polimerizatsiya. Bunda issiqlik ta’sirida erkin radikallar hosil bo‘ladi.
Fotokimyoviy polimerizatsiya. Yorug‘lik nuri ta’sirida radikallar hosil bo‘ladi.
V) Radiatsion polimerizatsiya. Monomerga yuqori energiyali zarra ta’siri natijasida radikallar hosil bo‘ladi.
G) Initsirlangan polimerizatsiya. Nostabil mahsulotlar initsiator- larni parchalanishi hisobiga radikallar hosil bo‘ladi.
110
Makroradikallarning o‘sishi
Zanjirning o‘sishi, initsirlash xarakteridan qat’i nazar, monomer molekulasining birlamchi radikalga birikish pallasidan boshlanib, o‘sayotgan zanjir radikal tuzilishini saqlagunga qadar davom etadi.
Makroradikallar o‘sishini to‘xtashi
Mikroradikallar o‘sishini to‘xtashi zanjir uzilishi yoki kinetik energiyani zanjirga o‘tib ketishi oqibatida yuzaga keladi. Kinetik zanjirni berib yuborilganda bir makroradikallarni o‘sishi to‘xtasa, ikkinchi yangi makroradikallar vujudga keladi. Zanjirning uzilishi - bu makroradikallar valentliklari to‘yinishiga olib keluvchi va yangi radikallar hosil bo‘lishini birga olib bormaydigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |