B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.1.2. Katalizator
- 2.3.1.2. Harorat va bosim
2.3.1.1. Reaksiya uchun xomashyo
Reaksiya uchun xomashyo sifatida oxirgi atomida qo‘shbog‘i bo‘lgan, asosan, izomerlardan tashkil topgan kreking jarayoni a-olefinlari xizmat qiladi. Хomashyo tarkibida oksosintez jarayoniga xalaqit qilmasa ham oltingugurtli birikmalar bo‘lmasligi shart, chun- ki ular keyingi bosqichdagi aldegidlarni spirtga gidrogenlanishiga zarar keltiradi. Shu bilan birga reaksiya mahsulotlarida erigan kobalt karbonillarini ham parchalaydi. Аmmiak va aminlar oksosintez reak- siyasini tormozlaydi. Ishlatiladigan sintez–gaz (CО+H 2 ) miqdori 7 dan 10% gacha teb- ranib turuvchi turli qo‘shimchalarga ega. Ularga: metan (CH 4 ), kar- bonat angdrid (CО 2 ), azot kiradi. Reaksiyaga metan va azot deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi, karbonat angidridi esa hosil bo‘ladigan kobalt karbonillarini dezfaollaydi. Sintez–gaz suv bug‘ini o‘ta qizdirilgan (1000ºC) ko‘mirdan o‘tkazish yoki metanni suv bug‘i bilan konversiya qilish yo‘llari bi- lan olinadi. 2.3.1.2. Katalizator Katalizator sifatida temir, nikel, ruteniy, rodiy, iridiy, kobalt kar- bonillari ishlatilishi mumkin. Sanoat ko‘lamida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan pemzadagi kobalt metali, kobalt karbonillari hamda kobalt tuzlari ishlatiladi. Reaksiya sharoitlarida kobalt bir necha xil karbonillar holida ish- tirok etishi mumkin: Dikobalt oktakarbonil Co 2 (CО) 8 . Kobaltgidrokarbonil CoH(CО) 4 . 2.3.1.2. Harorat va bosim Оksosintez reaksiyasi issiqlik ajralib chiqishi G=28 kkal/mol bi- lan ketadi va reaktor issiqlik rejimini ushlab turish ahamiyatli vazifa- dir. Ishlatiladigan harorat oralig‘i 110–180ºC. 100ºC dan past haro- ratda reaksiyaning tezligi past, 180ºC dan yuqorida yonaki mahsulot- lar miqdori anchagina o‘sadi hamda izo tuzilishli aldegidlar salmog‘i ham ko‘tariladi. Bundan tashqari, harorat ortishi bilan aldegidlarni gidrogenlanishi tezlashadi, natijada faqat spirtlar hosil bo‘lishi mum- 100 kin. Vengriya neft institutining yuqori yog‘ spirtlarni olishning bir pog‘onali sxemasi shu asosdadir. Reaksiya olib borilayotganda kobalt karbonillari katalizatorning stabilligini ta’minlovchi sharoitlarga amal qilish ahamiyatli bo‘ladi. U uglerod oksidi atmosferasida turg‘un, biroq harorat ko‘tarilishi bi- lan parchalanishi mumkin: So 2 (SО) 8 → С 0 125 2So+8SО 2SoH(SО) 4 → ← С 0 150 2So+H 2 +8SО Reaksiyani yo‘nalishi CО ning temperaturasi va parsial bosimi (R SО ) bilan aniqlanadi. Yuqori bosim (R SО )larda kobalt karbonillari hosil bo‘ladi, quyilarda esa ularning parchalanishi vujudga keladi. Harorat ortishi bilan kobalt karbonillarini saqlab qolish maqsadida uglerod oksidi (CО) parsial bosimini orttirish lozimligi aniqlangan. Оksosintez reaksiyasi tezligi vodorodning partsial bosimiga to‘g‘ri chiziqli bog‘liq. Sistemaning umumiy bosimi 150–180 atmosfera. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling