B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
1.1.1.2. Propan va butanni oksidlash
Propan va butanni oksidlash 430–450ºC haroratda hamda 7–10
atmosfera bosim ostida olib boriladi. Оksidlash natijasida formal-
degid, atsetaldegid, atseton, metil va etil spirtlari va boshqa mahsu-
lotlar olinadi. Bosim oshishi bilan spirtlarning salmog‘i ham orta-
di. Оksidlovchi sifatida kisloroddan foydalaniladi. Butanni aluminiy
fosfatda 410ºC haroratda va 20 atmosfera bosimi ostida oksidlagan-
da reaksiya mahsulotlarida 13% metanol, 22% formaldegid va 3%
atsetaldegid uchraydi.
Qator hollarda oksidlashga individual uglevodorodlar emas, balki
yo‘ldosh gaz uchratiladi. Hamdo‘stlik davlatlarida ishlab chiqilgan
usul bo‘yicha 1 m
3
yo‘ldosh gazdan 125 g formaldegid hosil bo‘ladi,
shu bilan birgalikda yuqori kaloriyalik (400 kkal/m
3
) energetik
yoqilg‘i sifatida ishlatib bo‘lingan gaz olinadi. Jarayon 0,2% NO
initsiatori ishtirokida 600–700ºC haroratda va 0,10–0,15 sek kontakt
vaqtida olib boriladi.
Suyuq fazada propan va butanni oksidlash jarayoni katta qiziqish
uyg‘otadi. Hamdo‘stlik davlatlarida (R.F)da ishlab chiqilgan butanni
oksidlab sirka kislota olish jarayoni kobalt yoki marganets tuzlari
ishtirokida sirka kislota muhiti sharoitida 165–170ºC va 60 atmos-
fera bosimi ostida amalga oshiriladi. Sirka kislota olishning ushbu
usuli boshqa hamma sanoat usullari (atsetaldegidni oksidlash, etil
spirtini oksidlash, keten orqali atsetondan)ga taqqoslanganda iqtiso-
diy afzaldir.
Sirka kislota olishning butan kabi yaxshi xomashyo bo‘lgan C
5

C
7
parafin uglevodorodlar saqlovchi, qaynash temperatura chegarasi
30–90ºC bo‘lgan yengil va to‘g‘ridan to‘g‘ri neft fraksiyalari ham
xizmat qiladi.
Оksidlashni marganets, kobalt yoki vannadiy tuzlari katalizatori-
da 145–215ºC, 42 atmosfera bosimi ostida olib boriladi.
Rossiya Federatsiyasida sirka kislotaning katta miqdori atsetalde-
gidni oksidlab olingan.


63

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling