B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Suyuq parafinlarni oksidlab spirtlar ishlab chiqarish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
1.1.2.1. Suyuq parafinlarni oksidlab spirtlar ishlab chiqarish 
prinsipial texnologiyasi
Оksidlash jarayoni 2–kolonnada olib boriladi, oksidlovchi–
azot–kislorod aralashmasi bir soatda 1 kg parafin uchun 500–700 l.
Оksidat oksidlash tamom bo‘lgandan so‘ng borat kislotaning ortiq-
cha qismidan tindirish yo‘li bilan tindirgich
va sentrafugada ajratib
olinadi. Reaksiyaga kirishmay qolgan uglevodorodlar 5 mm simob
ustuni vakuumida, 230ºC haroratda jarayonga qaytariladi. So‘ngra
borat efirlari 75–90ºC haroratda suv bilan parchalanadi. Borat kislo-
taning suvli eritmasi bug‘lantiriladi va kislota yana jarayonga qayta-
riladi. So‘ngra spirtlar 45% li NaOH eritmasi bilan 110ºC haroratda
ishlov berilib, yog‘ kislotalar sovunga aylantirilib bog‘lab qolinadi,
spirtlar esa C
7
–C
9
, C
10
–C
13
, C
13
–C
16
, va C
16
–C
20
fraksiyalarga rektifi-
katsiya qilinadi.
RCH CH CH O
RCH CH OO CH
2
2
3
2
2
3


+


(
)


65
Bashkirov usuli bo‘yicha oksidlash natijasida 80% ikkilamchi va
20% birlamchi spirtdan tashkil topgan spirtlar olinadi.
Sanoatda jarayon quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi
(7-chizma):
7-chizma. Suyuq parafinlarni oksidlab spirtlar ishlab chiqarishni printsi-
pial texnologik sxemasi.
Volgodonsk va Shebekino neftkimyo kombinatlarida C
10
–C
18
spirtlari ishlab chiqarish, shunga mos sintetik yog‘ kislotalar metil
efirlarini gidrirlash yo‘li bilan spirt oluvchi qurilmalar ekspluatatsiya
qilinmoqda.
1.1.3. Qattiq parafin uglevodorodlarni sintetik
yog‘ kislota (SYOK)larga oksidlash
Parafinlarni oksidlab yog‘ kislotalari ishlab chiqarishning asosiy
maqsadi – sovun pishirish sanoati yarim mahsuloti bilan oziq-ovqat
yog‘lari o‘rnini almashtirish bo‘ladi.
Keyinchalik sintetik yog‘ kislotalarini ishlatish sohalari kengaydi,
chunki parafin oksidlanganda uglerod atomi 1 dan 25 gacha bo‘lgan
keng gamma kislotalar hosil bo‘lib, ular turli-tuman ishlatiladi.
Qattiq parafinlarni oksidlaganda chumoli va sirka kislotalari kam-
roq miqdorda hosil bo‘ladi, ularning ishlatilishi haqida yuqorida ba-
yon etilgan.
C
5
–C
6
kislotalar o‘zlariga mos efirlarni olishda ishlatilib, parfu-
meriya va boshqa sohalarda ishlatiladi.
C
7
–C
9
kislotalar plastifikatorlar va boshqa moddalar ishlab chiqa-
rishda ishlatiluvchi birlamchi spirtlar olishda ishlatiladi.
Parafin
spirt
rektifikatsiya
naOh
h
3
bO
3
h
3
bO
3
h
3
bO
3
oksidlovchi
efirlar utilizatsiyaga
sovun
3
2
1
4
5
6
7


66
C
10
–C
20
kislotalar sintetik yuvish vositalarini olishda va birlamchi
spirtlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
C
21
–C
25
kislotalar konsistent surkov moylari tayyorlashda ishlati-
ladi.
Shunday qilib, sintetik yog‘ kislotalari (SYOK)ni ishlatilish soha-
lari juda kengdir.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling