B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlab olingan


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
1.1.1.3. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlab olingan 
mahsulotlarni asosiy ishlatish yo‘nalishlari
Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlab olingan kislorod saqlov-
chi mahsulotlarni eng muhimlari formaldegid, metil spirti, sirka kis-
lota, atsetaldegidlardir.
Formaldegidni fenol va mochevina bilan polikondensatsiyalab
sintetik smolalar; atsetaldegid bilan kondensatsiyalab pentaeritrit;
uglerod dioksidi va vodorod bilan reaktsiyasi orqali glikol kislota,
so‘ngra esa etilenglikol; polimerizatsiyalab paraform-aldegid olina-
di.
Metil spirti. Metil spirtining 50% i formaldegid ishlab chiqarish-
ga sarflanadi. Metanol erituvchi sifatida ham, akril va ftal kislotalari
efirini sintezida ham ishlatiladi.
Sirka kislota. Sirka angidridi, vinilatsetat, turli metall atsetatlari
olishda ishlatiladi.
Аtsetaldegid. Sirka kislota, sirka angidridi, pentaeritrit, akrolein,
xlorli hosilalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Quyi parafin uglevodorodlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash jara-
yonlari jarayonni past selektivligi, oksidlash mahsulotlarini ajratib
olishning qiyinligi bois keng rivojlanishga ega emas, biroq ushbu
jarayonlar doimo mukammallashtirib borilmoqda.
1.1.2. Suyuq parafin uglevodorodlarni spirtlarga oksidlash
Suyuq parafin uglevodorodlarni oksidlash sintetik yuvish vosita-
lari ishlab chiqarishda zarur xomashyo bo‘lgan C
10
–C
20
oliy yog‘li
spirtlar olish uchun yo‘naltirilgan.
Yaqin-yaqingacha spirtlar yog‘lardan, ya’ni oziq-ovqat xomash-
yosidan yuqori yog‘ kislotalarni yoki ularni efirlarini gidrirlab olinar
edi.
Rossiya Federatsiyasi neftkimyo sintezi institutida rus olimi
А.N. Bashkirov tomonidan parafinlarni suyuq fazada yo‘naltirilgan
oksidlashni yangi usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usul bo‘yicha oliy
spirtlar olinib, birinchi bor Rossiyada 1957–1958-yillarda sanoatga
tatbiq qilingan. Хomashyo sifatida dizel fraksiya (200–350ºC)-sidan
ajratib olingan yoki uglerod atomlari soni C
10
–C
20
bo‘lgan Fisher–
Tropsh sintezi orqali olingan parafin uglevodorodlar ishlatiladi. Bun-
day parafin uglevodorodlarni t
qay
=275–320 ºC va t
erish
=24 26ºC ga
tengdir.


64
Оksidlash jarayonini sekinlashtirishi bois xomashyoda aromatik
uglevodorodlar 0,5% dan ortmasligi lozim.
Parafin uglevodorodlarni oksidlash jarayoni 3–4% kislorod saq-
lovchi azot–kislorod aralashmasi bilan ilk xomashyo 4–5% borat
kislota (uglevodorodlar og‘irligiga nisbatan olganda) ishtirokida
165–170ºC haroratda 2–3 soat muddatda olib boriladi.
Оksidlash reaksiyasi quyidagi sxema orqali namoyish etilishi
mumkin:
1. Parafin uglevodorodlarni gidroperoksidgacha oksidlash:
2. Parafin uglevodorod ilk molekulasi bilan gidroperoksidning
o‘zaro ta’siri natijasida 2 molekula spirt hosil bo‘ladi.
3. Borat kislotasi hosil bo‘lgan spirtlarni keyingi chuqurroq ok-
sidlashdan (aldegidlar, ketonlar, kislotalargacha) borat efirlari hosil
qilish evaziga muhofaza qiladi:
3RCh
2
–CH(ОN)–CH
3
+h
3
vO
3
→ (RCH
2
–Ch(Cn
3
)–O)
3
v+3n
2
О

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling