B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Оlefin uglevodorodlarni oksidlash


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
1.2. Оlefin uglevodorodlarni oksidlash
Kislorod saqlovchi mahsulotlarning turli aralashmasini ho-
sil bo‘lishiga olib keluvchi parafin uglevodorodlarni oksidlashga
qarama-qarshi o‘laroq olefinlarni oksidlash selektiv jarayondir.


69
Quyi olefin uglevodorodlar – etilen va propilanlarni oksidlash
sanoatda katta ahamiyat kasb etadi; shu bilan birga olefin oksidlari,
akrolein, atsetaldegid va boshqa qimmatli mahsulotlar olinadi.
1.2.1. Оlefin oksidlarini olish
Etilen oksidi juda yirik ko‘lamda ishlab chiqarilmoqda. АQSHda
uni ishlab chiqarish 1965-yilda 300 ming tonna bo‘lsa, 2010-yili 14
mln.t ga yetgan va keyingi sur’atlar bundan ham jadallashgan.
1.2.1.1. Etilen oksidini olish
Hozirgi vaqtda etilen oksidi ikki usul bilan olinadi: etilenni
to‘g‘ridan to‘g‘ri va xlorgidrin usuli bilan oksidlash.
1.2.1.1.1. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash
Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlash jarayoni kumush katalizatori-
da 220–280ºC temperaturada va 7–10 atmosfera bosimda ketadi:
Ch
2
=Ch
2
+1/2O
2
→ CH
2
–Ch
2
O
Оksidlash uchun 98% li etilen ishlatiladi. U havo bilan aralash-
tirilib, reaksion aralashmadagi uning kontsentratsiyasi 3% ni tashkil
etadi. Katalizator bilan kontakt vaqti 1,5 sekund.
Оksidlash jarayoni, odatda, statsionar katalizatorda, kamroq –
«qaynar» qatlamda ham olib boriladi.
Jarayon prinsipial texnologik sxemasi quyidagidan tarkib topgan:
etilen va havo tozalagichlardan o‘tib, aralashtiriladi, issiqlik almash-
tirgichdan o‘tib (u kontakt gazlar issiqligi hisobiga isiydi) reaktor-
ga boradi. Reaktor–quvurchali (d=25mm, L=3–9 m). Quvurchalar
oralig‘ida reaksiya issiqligini olib ketadigan issiqlik tashuvchi ayla-
nib harakat qiladi. Оksidlash mahsulotlari reaktordan chiqishi bilan
issiqlik almashtirgichda va sovutkichda sovutiladi hamda absorberga
jo‘natiladi.
Аbsorbsiyani 7–10 atmosfera bosimi ostida olib boriladi, ush-
bu sharoitda etilen oksidi suvda eriydi. Аbsorberdan chiqayotgan
1,5% ga yaqin etilen saqlovchi gazlar oksidlashni ikkinchi bosqi-


70
chiga yo‘naltiriladi. Desorber oldida bosimni tashlash etilen oksidini
suvdan 99,5%tozalikda ajratish imkoniyatini beradi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling