B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Sintetik yog‘ kislotalari ishlab chiqarish
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-chizma. Sintetik yog‘ kislotalarini olish prinsipial texnologik sxemasi.
1.1.3.1. Sintetik yog‘ kislotalari ishlab chiqarish
SYOK ishlab chiqarishga xomashyo sifatida tozalangan qat- tiq neft parafini, qo‘ng‘ir ko‘mir parafini yoki Fisher–Tropsh usuli bo‘yicha olingan parafin xizmat qiladi. Jarayonni o‘tgan asrning 30–40-yillarida Germaniyada sanoat miqyosida amalga oshirishga kirishilgan. Hamdo‘stlik mamlakatlari (R.F)da esa 1953-yilda yirik SYOK ishlab chiqarish amalga oshiril- gan. Keyinchalik yana ko‘p SYOK sexlari ishga tushirilgan. Ishlab turgan SYOK ishlab chiqarish zavodlarida SYOK–t erish =52–54ºC va moylar miqdori 2,3% dan ortiq bo‘lmagan qattiq parafinlarni oksid- lashga asoslangan. Sanoatda oksidlash jarayoni 105–120ºC haroratda kaliy perman- ganat (0,25% KMnO 4 , parafinga nisbatan og‘irlik birligida) ishtiro- kida olib boriladi. Оksidlash havo bilan olib boriladi. 8-chizma. Sintetik yog‘ kislotalarini olish prinsipial texnologik sxemasi. Parafin Havo syOk h 2 sO 4 h 2 O na 2 CO 3 h 2 O h 2 O naOh h 2 O 120°C 67 Qattiq parafin uglevodorodlarni oksidlaganda gidroperoksid ho- sil bo‘ladi hamda u bir qancha va turli yo‘nalishlarda parchalanib, aldegidlar, ketonlar, kislotalar va boshqa mahsulotlar hosil qiladi. Shunday qilib, ilk parafinlar oksidlab destruksiya qilinishi oqibati- da kislotalar hosil bo‘ladi. Kislorod istalgan uglerod atomiga biri- kib olishi mumkinligini hisobga olinsa, uzilish ham istalgan yerdan amalga oshishi mumkin. Shu bois oksidlash natijasida C 1 dan C 25 gacha bo‘lgan keng gamma kislotalar hosil bo‘ladi. SYOK ishlab chiqarish quyidagi sxema asosida amalga oshirila- di. Zanglamas po‘latdan yoki aluminiydan tayyorlangan kolonnaga parafin (1 qism yangi va 2 qism jarayonga qaytarilgan) solinadi va 120ºC gacha isitiladi. Ushbu haroratda suvda tayyorlangan 15% li KmnО 4 eritmasi – katalizat parafin bilan alohida apparatda aralash- tirib beriladi. Kaliy permanganat parafinda yaxshi taqsimlanadi va shu bilan birga u MnО 2 gacha qaytariladi. Kolonnaga katalizator (parafinga nisbatan 0,1–0,3% miqdorda) solingandan so‘ng havo (1t parafinga 60 m 3 /soat) beriladi. Jarayon 20–24 soat davomida amalga oshirilib, reaksiya oxirida harorat 120ºC dan 105ºC gacha pasaytiriladi. Оksidlash 30–35% chuqurlikkacha olib boriladi. Reaksiya tugallangandan so‘ng oksidat kukunsimon katalizator qoldig‘idan tozalash uchun tindirgichga yo‘naltiriladi. So‘ngra oksi- dat quyi molekular kislotalar va katalizator qoldiqlaridan suv yorda- mida yuviladi. Yuvilgan katalizat sovunlanishga jo‘natiladi. Sovun- lash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi: 1-bosqich – karbon kislota- larni 25% li soda eritmasi bilan sovunlanishi: 2RCOOh+na 2 CO 3 2RCOOna+h 2 O+CO 2 1-bosqich sovunlanishdan so‘ng oksidat tindiriladi, bunda 1-sovunlanmagan va asosan parafindan tashkil topgan mahsulot aj- ratib olinadi va oksidlashga qaytariladi. Sovunlashga mahsulotni 30% li NaОN bilan avtoklavda 160–170ºC temperaturada keyingi sovunlanishi amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot tindiriladi, bunda qo‘shimcha miqdorda 1–sovunlanmagan mahsulot hosil bo‘ladi va u oksidlashga qaytariladi. Аyrim hollarda unga borat kislota bilan ishlov berib, spirtlar (8–10%) ajratib olinadi. Sovun ishqorda ish- 90 100 0 − → C 68 lov berilgandan so‘ng ishqor bilan birga pechga jo‘natiladi. U yerda 320–340ºC temperaturada va 20–22 atmosfera bosimi ostida murak- kab efirlar, ketonlar va laktonlarni sovunlanishi amalga oshiriladi (2-bosqich). Mahsulotlar pechdan so‘ng kolonnaga yo‘naltiriladi. U yerda 320ºC temperaturada II sovunlanmagan mahsulotlar va suv haydab ajratiladi. II sovunlanmagan mahsulotlardan borat kislota bilan ish- lov berish oqibatida yog‘ spirtlar (kislotalarga nisbatan 20%) ham ajratib olinadi. Ularning 2/3 qismi birlamchi, 1/3 qismi esa ikkilam - chi spirtlardir. Spirtlar ajratib olingach II sovunlanmagan mahsulot- lar oksidlashga qaytariladi. Quruq sovun suv bilan yoki natriy sulfatni suvli eritmasi bi- lan suyultirilib, parchalash uchun yo‘naltiriladi. Parchalash 92– 96% konsentratsiyali sulfat kislota yordamida 80–90ºC da amalga oshi riladi. «Хom» yog‘ kislotalar natriy sulfat eritmasidan tindiri- ladi va kislota qoldiqlaridan suv bilan yuvishga jo‘natiladi. So‘ng ular suvsizlantiriladi va vakuum kublar sistemasiga distillatsiya uchun yo‘naltiriladi. Birinchi kubda 160–180ºC da va 200–300 mm sim.ust. qoldiq bosimida C 5 –C 6 kislotalar haydaladi. Ikkinchi kubda 170–180ºC da va 20 mm sim.ust. qoldiq bosimida C 7 –C 9 kislotalar haydaladi. Navbatdagi kubda 185ºC da va 15 mm sim.ust. C 10 –C 13 kislotalar haydaladi. To‘rtinchi kubda 200ºC da va 15 mm sim. ust. C 13 –C 18 kislotalar va so‘nggi kubda 280ºC da va 15 mm sim.ust. C 17 –C 20 kis- lotalar haydab olinadi. Аyrim hollarda C 23 –C 25 kislotalar 310ºC da va qoldiq bosim 15 mm sim.ust. ajratib olinadi. Sintetik yog‘ kislotalar 10% gacha dikarbon kislotalarni o‘z ichi- da saqlaydi. Bir tonna parafindan 450–600 kg C 10 –C 20 sintetik yog‘ kislotalar va 100 kg ga yaqin C 10 –C 20 sintetik yog‘ spirtlar olinadi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling