B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Parafin uglevodorodlarni oksidlash
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.1. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlash
1.1. Parafin uglevodorodlarni oksidlash
Ilk xomashyoga bog‘liq holida parafin uglevodorodlarning oksid- lash jarayonini uchta o‘zaro mustaqil guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlash. 2. suyuq C 10 –C 20 parafin uglevodorodlarni oksidlash. 3. Qattiq C 20 –C 40 parafin uglevodorodlarni oksidlash. 1.1.1. Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlash Quyi parafin uglevodorodlarni oksidlashdan maqsad – formalde- gid, sirka kislota, atsetaldegid, metanol va boshqa qimmatli mahsu- lotlar olish. Оksidlash tezligi metandan butanga tomon ortib boradi. 1.1.1.1. Metanni oksidlash Metan oksidlanganda quyidagi reaksiyalar ketadi: Ch 4 +1/2 О 2 → Ch 3 ОH+62 kkal/mol Ch 3 ОH+1/2 О 2 → CH 2 О+H 2 О+70,47 kkal/mol Ch 2 О+1/2 О 2 → HCООH+131,45 kkal/mol HCООH+1/2 О 2 → CО 2 +h 2 О+115,69 kkal/mol Metanni to‘g‘ridan to‘g‘ri oksidlashning murakkabligi shundan iboratki, oksidlash chuqurligini oshishi bilan jarayon tezligi va is- siqlik effekti tobora ortib boradi. Bu esa oksidlash jarayonini kerakli bosqichida temperaturani boshqarib turishni qiyinlashtiradi. Shu sa- babli bir o‘tishda metanning kamroq konversiya reaksiyasi amalga 61 oshiriladi, reaktorda esa reaksiya mahsulotlarini qisqa vaqt bo‘lishi ta’minlanadi. Reaksiya yuqoriroq bosim ostida azot oksidlari init- siatorlari ishtirokida olib boriladi. Har doim oksidlash reaksiyasini, portlash xavfi bor kontsentratsiyalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida, ortiqcha miqdorda uglevodorodlar bilan olib boriladi. Metanni 360ºC haroratda, 100 atmosfera bosimda, azot oksidlari (0,08%) mavjudligida va metan: kislorod=9:1 (nisbat)da oksidlagan- da 17% CN 3 ОN va 0,6 % CN 2 О olingan. Аtmosfera bosimi va 600ºC ga yaqin harorat, azot oksidlari ishtirokida 35% ga yaqin formalde- gid (reaksiyaga kirishgan metanga nisbatan) olingan. Neftkimyo sanoatida formaldegid ishlab chiqarish yirik ko‘lam- larga yetdi. Biroq metanni oksidlab formaldegid olish qiyinchiliklari asosan metanni ushbu usul bilan olinishiga sabab bo‘ldi. Bunda jara- yon quyidagicha amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda metanning konversiyasi suv bug‘i bilan olib boriladi: Hosil bo‘lgan sintez–gazdan metanol oladilar: CО+2H 2 → CH 3 ОH+26,5kkal/mol Reaksiyani 370–400ºC haroratda, 250–300 atmosfera bosimida ZnO–Cr 2 O 3 oksid formadagi katalizator ishtirokida olib boriladi. Metanol salmog‘i 85–87% ni tashkil qiladi. Shu bilan birga reaksiya mahsulotlari 2% gacha dimetil efiri, 1% gacha yuqori spirtlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Metanol ishlab chiqarishning katta ko‘lamdaligini (masalan, 2000-yilda АQSH da 15 mln.t) va formaldegidning neftkimyodagi muhimligini hisobga olgan holida dimetilefirini formaldegidga qayta ishlash jarayoni ishlab chiqilgan: (Ch 3 ) 2 О+О 2 → 2CH 2 О+H 2 О Jarayon 450–530ºC haroratda, atmosfera bosimi ostida WO 3 ka- talizatorida ketadi. Sintez–gazdan olingan metanolni oksidlab, degidrirlash yo‘li bi- lan formaldegidga aylantiriladi: Ch 3 ОH+1/2 О 2 → Ch 2 О+H 2 О CH H O CO H C C Ni 4 2 1200 1300 700 800 2 0 0 3 + → + − − , 62 Jarayon kumush katalizatori ishtirokida 600ºC haroratda olib bori- ladi. Reaksiyaga kirishgan metanolga nisbatan formaldegid salmog‘i 90% ga yetadi. Portlash xavfiga ega kontsentratsiyalarga chap berish maqsadida reaksiya suv bug‘lari bilan chapishtirib olib boriladi. Оksidlash jarayoni uchun etan amalda ishlatiladi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling