B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
Xulosalar 1. Indikativ rejalashtirish fani - kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi reja va prognoz hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi. 2. Ilmiy oldindan ko’ra bilish – bu tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlarini bilishga asoslangan haqiqatni oldindan aks ettirishdir. 3. Prognoz, ya’ni hodisa rivojining istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot oldindan ko’ra bilishning bir shakli hisoblanadi. 4. Reja – bu oldinga qo’yilgan maqsadga erishish chora-tadbirlari to’g’risida qaror. 5. Dastur – bu hodisa rivojining maqsadli yo’nalishlari va ularga erishishning rejalashtirilayotgan yo’llari tizimi. 6. Indikativ rejalashtirishni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari (indikatorlari) tizimini ishlab chiqishga asoslangan va uning umummilliy ustuvor yo’nalishlarini aniqlashni, maqsadni belgilashni, prognozlashtirish, byudjetlash, dasturlash, kontraktastiya hamda makro-, mezo- va mikrodarajada qarorlarni kelishishning boshqa tartibotlarini, rejani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xo’jalik yurituvchi 30 subyektlarni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlashning boshqa chora- tadbirlarini o’z ichiga oluvchi iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solishni uning bozor va nobozor yo’li bilan o’zini o’zi tartibga solishini uyg’unlashtiruvchi iqtisodiyotni boshqarish davlat va nodavlat subyektlarining manfaatlari va faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida ta’riflash mumkin. Tayanch tushunchalar Indikativ rejalashtirish, prognozlashtirish, iqtisodiy tahlil, ilmiy oldindan ko’ra bilish, reja, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, strate- gik qaror, markazlashgan-rejali tizim, kon’yunktura prognozi, resurslar, fors-major holat, iqtisodiyotni tartibga solish institutlari, nazariy- metodologik, direktiv, indikatorlar, milliy iqtisodiy reja, davlat boshqaruvi organlari, jamoaviy manfaatlar, ierarxik tizim, makroparametrlar. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling