B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil
va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini biz o’zimizga aniq belgilab oldik” deb ta’kidlashi ushbu yo’nalishdagi ishlarga muhim zamin bo’ladi. 14 Indikativ rejalashtirishning bir shakldan boshqasiga o’tishi uning etuklik darajasi oshishini, barcha tegishli tartibga solish institutlari o’zaro harakatini yo’lga qo’yish choralarini nazarda tutadi. Kapitalistik mamlakatlarda indikativ rejalashtirish shakllarining evolyustiyasi («kon’yunktura» – «tarkibiy» – «strategik») o’n yilni egalladi. O’zbekistonda hozircha gap faqat kon’yunktura shaklining unsurlari haqida borishi mumkin, bu davlatning so’nggi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining umumiy liberal yo’naltirilganligiga mos keladi. Shunisi diqqatga sazavorki, «indikativ rejalashtirish» atamasidan prognozlashtirish, byudjetlash, dasturlash va kontraktastiya (shartnoma asosida davlat xaridlari)ni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida foydalanilmaydi. Davlat yo’li bilan tartibga solishning ushbu vositalari, indikativ rejalashtirish bilan bevosita bog’liq bo’lsada, alohida olib qaralganda ham, o’z yig’indisi bo’yicha ham unga o’xshamaydi. Ular indikativ rejalashtirish tizimidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin, biroq ularni amalga oshiruvchi tartibotlar indikativ rejani ishlab chiqish va amalga oshirishda ancha samaralidir. 13 Сенчагов В. О японском опыте управления (размышления после командировки) //Вопросы экономики. 1990 г. № 5. – 142 с. 14 Каримов И.А. “Жаҳон молиявий – иқтисодий инқрози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009, 7-бет. 37 Shunday qilib, indikativ rejalashtirishni «legallashtirish» va uning tarkibiy shaklining qaror topish evolyustiyasi respublikamizda xo’jalik mexanizmini rivojlantirishning eng zarur yo’nalishlari hisoblanadi. Iqtisodiy muammolar hal etilib, O’zbekiston iqtisodiyotini texnologik va institustional modernizastiyalash nihoyasiga etgach indikativ rejalashtirishning yanada erkin (strategik) shakliga o’tish zarur. Rossiyada Sovet davlatining dastlabki yillaridan boshlab mamlakat miqyosida rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi organ – Butunittifoq Xalq Xo’jaligi Kengashi (VSNX) uzoq istiqbolga mo’ljallangan GOELRO rejasi iqtisodiyotni qayta tashkil etish va rivojlantirishning jahonda dastlabki ilmiy istiqbolli yalpi reja bo’ldi. 1921 yilda yangi iqtisodiy siyosat (nep)ga o’tish bilan sobiq ittifoqda Davlat reja qo’mitasi va joylarda tashkil etilgan reja organlari narx-navo siyosati, soliqlarni yuritish, kreditlar va moddiy rag’batlar yordamida ishlab chiqarish va pul muomalasiga faol ta’sir ko’rsata boshlashdi. Bu davlatning markazlashtirilgan rejalashtirish imkoniyati bozor iqtisodiyoti unsurlari bilan uyg’unlashgan qisqa davr edi. Lekin asta-sekin mamlakatda, kutilganidek, markazning rejalashtirishdagi roli kuchaydi. Yillar bo’yicha bo’lingan besh yillik rejalarni tasdiqlash amaliyoti mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Rejalashtirish dastlab kollektivlashtirish, so’ngra sanoatlashtirish vazifalarini hal etishga yo’naltirildi, lekin umumiy maqsad xalq xo’jaligini rekonstrukstiya qilish va insonlar turmushini qayta qurishdan iborat edi. Ulug’ Vatan urushidan keyin sobiq ittifoqda rejalashtirishning xususiyati tubdan o’zgardi: mamlakatning harbiy salohiyatini mustahkamlash manfaatlari yo’lida xalq xo’jaligi ulushlarini tez va sezilarli darajada o’zgartirish uchun zarur bo’lgan qat’iy tendenstiyalar kuchaydi. Reja tizimi orqali davlat, birinchi galdagi vazifa – harbiy qudratni mastahkamlash vazifasini hal etgan holda, resurslar cheklangan sharoitda qisqa muddatlarda aholini oziq-ovqat minimumi bilan ta’minlashni tashkil etishga erishdi. Urushdan keyingi yillarda rejalashtirishda, xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirish vazifalari dastlabki o’ringa surilgan bo’lsada, fan-texnika taraqqiyoti masalalariga e’tibor kuchaytirildi. Rejalashtirishdagi yangi bosqich mamlakatda faoliyatning asosiy parametrlari bo’yicha buyruqbozlik boshqaruv saqlanib qolgan holda joylarda tashabbus va mustaqillikning rolini oshirishga e’tibor qaratilgan 60-yillarning o’rtalaridan boshlandi. Bunday o’zgarishga obyektiv holatlar sabab bo’ldi: jamiyatda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat darajasi 38 mamlakatni, shu jumladan iqtisodiyot sohasida demokratlashtirishni talab qildi. Joylarda tashabbusni kengaytirish va reja ko’rsatkichlarining rag’batlantiruvchi rolini oshirishdan bir maqsad ko’zlandi – turli mintaqalarda ishlovchi turli tarmoqlar korxonalari faoliyati sharoitining o’ziga xos xususiyatlarini to’liqroq hisobga olish. Biroq rejalashtirishning yangi tartibida hamon markazning etakchilik roli saqlanib qoldi. Mamlakat xalq xo’jaligini rejalashtirishdagi murakkab davr jamiyat rivojlanishining ob’ktiv qonunlari boshqarishning davlat mexanizmiga, shu jumladan markazlashgan tarzda rejalashtirishga zid bo’lib qolgan 70- yillarning oxiridan 80-yillarning o’rtasigacha kuzatildi. Jamiyatning ilg’or qismi davlat hokimiyatini tubdan o’zgartirish zarurligini anglab etdi. Sobiq ittifoqda davlat tomonidan rejalashtirish ko’proq prognozlashtirishga tayandi. Masalan, tabiiy resurslar, fan-texnika taraqqiyoti, demografik va ijtimoiy siljishlar prognozlari asosida ishchi kuchini to’ldirish, aholining turmush tarzi, ishlab chiqarish fondlari, iqtisodiy o’sish sur’atlari, tarmoqlararo alohalarda tarkibiy o’zgarishlar, ishlab chiqarish kuchlarni joylashtirishning iqtisodiy prognozlari tuzildi. Korxona darajsida prognozlashtirish asosan genetik xususiyatga ega edi. Rivojlanish tendenstiyalarini yaxshilash, masalan, yangi texnika va texnologiyalarni qo’lashni jadallashtirish yuzasidan istaklar ko’rinishida prognozlashtirishning me’yoriy usulidan foyddalanildi. Umuman olganda iqtisodiy prognozlashtirishning sho’rolar amaliyoti uchun «tonnel dunyoqarash» xos bo’lib, unda hisob-kitoblarda iqtisodiy munosabatlarning haqiqiy qonuniyatlari hisobga olinmadi, talab va taklifning o’zgarishlari haqidagi ma’lumotlar noma’lum edi, narxlar qat’iy belgilangan edi, prognozlar parametrlari esa alohida korxona ishining samaradorligini aks ettirmadi. Sostialistik lager tarkibiga kiruvchi turli mamlakatlar rejalarini muvofiqlashtirish masalalari, shuningdek milliy iqtisodiyotlarni integrastiyalash, ularning hamkorligi va o’zaro yordam ko’rsatishini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullauvchi yagona organ – Iqtisodiy O’zaro yordam Kengashi (SEV)ning tashkil etilishi prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidagi muhim voqea bo’ldi. Sobiq ittifoq xalq xo’jaligini rejalashtirishning boy tajribasini umumlashtirgan holda, nafaqat uning yaqqol ustunlik tomonlarini, balki davlat miqyosidagi rejali xo’jalik kamchiliklarini ham ta’kidlash lozim. Rejali xo’jalikning ustunlik tomonlari quyidagilardan iborat edi: • rejalarda jamiyatni rivojlantirish ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarining 39 o’zaro bog’liqligi; • kuchlarni faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini bajarishga jamlash; • muammoni hal etishga nisbatan yalpi yondashuv; • uzluksiz istiqboliy va joriy rejalashtirish imkoniyatlarining hisobga olinishi; • tarmoq va hududiy yondashuvlarning uyg’ulashuvi; • mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni muvazanatlashtirishga urinish. Mamlakatning rejali tizimi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan xatolarning oldini olish umidida tashkil etildi. Amalda shunday bo’lib chiqdiki, rejali tizimda muvazanatlashuvga erishishga intilishda xatolarning soni nafaqat kamaymaydi, balki ular yanada tez-tez uchraydigan va yanada jiddiy xatolarga aylanadi. Markazlashgan tarzda rejalashtirishning kamchiliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: • tovar-pul munosabatlari rivojlanishi tabiiy qonunlari va tendenstiyalarining etarlicha hisobga olinmasligi; • “har qanday yo’l bilan reja” tamoyili bo’yicha faoliyat maqsadi rejaning iqtisodiy munosabatlar ustidan o’ziga xos fetishi sifatida reja rolining ortishi; • turli mintaqalar korxonalari to’liq faoliyat yuritishi uchun maydonning mavjud emasligi va yuzaga kelgan rejalashtirish tizimining beso’naqayligi; • zahiralar, tashabbus, mikrodarajaning xilma-xilligini hisobga olmaydigan rejalashtirishning metodologik jihatdan zaifligi; • kuchlarning boshqaruvchi partiya tomonidan tanlangan maqsadlar foydasiga olib qo’yilishi; • hayotning boshqaruvchi partiya tomonidan istiqbolsiz deb e’tirof etilgan alohida tomonlari, masalan, kibernetika, genetikaning unutilishi; • reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, aniqlashtirish va ularning barqarorligini qo’llab-quvvatlash uchun kuchlar, vaqt va mablag’larning ko’p sarflanishi. Biroq sobiq ittifoqning davlat tomonidan rejalashtirish tajribasi markazlashgan tarzda rejalashtirishning istiqbolsizligini isbotlab berdi, u jamiyat rivojiga to’sqinlik qilgan holda, davlatning ishlab chiqarish omillaridan foydalanish borsaida cheksiz taqsimlovchi huquqqa ega bo’lishiga, qat’iy markazlashuvga, investistiyalar, ishlab chiqarish va iste’mol, ish haqining belgilanishi va narxlarning qotirilishi ustidan nazorat qilinishiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun rejalarning 40 ortiqcha tabaqalashtirilishiga, tasdiqlangan ko’rsatmalarga muvofiq o’zining iqtisodiy manfaatlariga zid ravishda harakat qilishga majbur bo’lgan korxonalar mustaqilliginig cheklanishiga, iqtisodiyotning ko’plab sohalari, shu jumladan tashqi savdoning monopollashuviga olib keldi. Shu tariqa yagona davlat rejasining ustunliklarini pirovardida uning kamchiliklari bosib ketdi. Iqtisodiyotning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va markazlashgan tarzda rejalashtirish bir-biriga o’xshash bo’lib qoldi. Lekin, sobiq ittifoqda davlat yo’li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirishning salbiy baholanishiga qaramay uning ustunlik tomonlari jahonning boshqa mamlakatlari tomonidan e’tirof etildi. Xorijiy mamlakatlarning ayrim iqtisodchilari hamon bunday rejalashtirishning ustunlik tomonlari va to’liq foydalanilmagan imkoniyatlari haqida o’z fikrini bildirishda davom etmoqda. Bunday nuqtai nazar tarafdorlari shundan kelib chiqishadiki, murakkab industrial stivilizastiya markazning aralashuvisiz hal etilmaydigan muammolarni keltirib chiqaradi. Ularning hisoblashlaricha, agar markazlashgan muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bo’lmasa, u holda jamiyat hayoti tartibsiz ko’rinish olishi mumkin. Shuning uchun turli mamlakatlar markazlashgan tarzda rejalashtirish imkoniyatlariga yana takror qaytishi ehtimoldan holi emas, lekin buyruqbozlik davlat tomonidan rejalashtirish shakllari, albatta, rivojlanishning yangi omillari bilan belgilangan holda boshqacha bo’ladi. Sobiq ittifoqda prognozlashtirish korxona darajasiga nisbatan ko’proq davlat darajasida rivojlandi. Prognozlar turli ITI bo’limlarida, laboratoriyalarda va OO’Yu kafedralarida ishlab chiqildi. Prognoz ishlanmalarining boshqaruv muammolari yuzasidan tahliliy tadqiqotlar bilan xufyona organik bog’liqligini ta’kidlash mumkin. Prognozlar faoliyatning turli sohalarini: gidrometeorologiya, geologiya, tibbiyot, ekologiyani qamrab oldi, kosmosni o’zlashtirish sohasida ilmiy-texnikaviy prognozlar, sostiologik, demografik, iqtisodiy, arxitektura va shahar qurilishi, ichki va tashqi siyosiy, harbiy prognozlar ishlab chiqildi. Ilmiy- texnikaviy va iqtisodiy prognozlar rivojlanishning istiqboliy rejalari va dasturlarini ishlab chiqish amaliyotida, xalq xo’jaligini boshqarish organlarining ishida qo’llanildi. Barcha prognozlar ichida 15 yillik davrga mo’ljallangan prognozlarning ulushi katta bo’ldi. Prognozlashtirishning ekstrapolyastiya, ekspert yo’li bilan baholash kabi usullari va "maqsadlar daraxtlari" usullaridan keng foydalanildi. Yuqoridagi fikrlar negizida prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotining qator kamchiliklarini ko’rsatish mumkin: 41 • prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalarining etarlicha ishlab chiqilmaganligi; • prognozlashtirishni rivojlantirish, shu jumladan axborot almashish va kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarning etarlicha muvofiqlashtirilmaganligi; • prognozlar ijrochilarining prognozlashtirishning ko’plab usullari haqida to’liq bilimga ega emasliklari; • prognozlarni ishlab chiqish uchun axborot bazasining torligi, ko’plab ma’lumotlarning sir tutilishi; • prognozlarning ayrim turlarini bajarish uchun katta xarajatlar qilinishi; • prognozlarni ishlab chiqish maqsadlarining aniq ifodalanmasligi, ko’pincha prognoz va reja ko’rsatkichlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikning mavjud emasligi; • retrospektiv va prognoz axborotidan foydalanishda istiqbollarning o’zgarib turishi; • prognozlarni bajarish uslubiyotlari va tartibotlarining etarlicha ishlab chiqilmaganligi. Shunday qilib, iqtisodiy o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish evolyustiyasi iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarga anglab etish uchun muammolar, yutuqlar va kamchiliklardan tarkib topgan boy materialni taqdim etadi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling