B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
2.3. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish konsepsiyasi O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishgach mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan tartibga solish zarurati muhim ahamiyat kasb eta boshladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni birtaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida ta’kidlaganidek, “O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizastiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.” 15 . Shu jumladan O’zbekiston hukumati shunga mos ravishda iqisodiyotni markazlashgan tarzda boshqarish hamda an’anaviy rejalashtirish tartibotlaridan voz kechdi. Hozirgi vaqda indikativ rejalashtirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun O’zbekistonda “Davlat tomonidan prognoz qilish va O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari to’g’risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Unda reja ishining maqsad va vazifalari, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ishlab chiqiladigan tizim, ushbu tizimga kiruvchi tarkibiy unsurlarning umumiy tavsifi nazarda tutilishi erak. Qonun mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo’yicha ko’rsatmalarni amalga oshirish, ya’ni milliy iqtisodiyot rivojining global muammolari bo’yicha strategik qarorlarni chuqur va har tomonlama asoslash; istiqboliy rivojlanishning muhim vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan resurslarni rejali jamlash; dasturni amalga oshirish ishlarining butun stikli vazifalarini muvofiqlashtirish va ularning hal etilishini ta’minlash; oldinga qo’yilgan vazifalarni hal etishda xo’jalik 15 Каримов И.А. “Жаҳон молиявий – иқтисодий инқрози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009 й, 7-бет. 49 yurituvchi subyektlar, respublika mintaqalari va markaziy hokimiyat organlarining faoliyatini uyg’unlashtirish. Indikativ rejalashtirish tizimi – hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga mos keluvchi iqtisodiyot holatini va rivojlanishini tavsiflovchi indikatorlarni (ko’rsatkichlarni) shakllantirish hamda ushbu indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo’li bilan tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi. Haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatni baholashdan tashqari, indikatorlar quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim: iqtisodiyotning samarali rivojlanishi va aholining ijtimoiy farovonligi darajasini belgilash; ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini rejalashtirish; rejalashtirilgan natijalarga erishish ustidan nazorat qilish; tartibga soluvchi ta’sir etish choralarini ko’rish; ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini baholash. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning turli darajalariga muvofiq indikatorlarning quyidagi tizimi belgilanishi mumkin: 1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (1- daraja – «Respublika»). U umumlashtirilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va respublika ko’rsatkichlarning cheklangan doirasi (yalpi hududiy mahsulot, iqtisodiyotda ko’zda tutilayotgan tarkibiy siljishlar, iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining rivojlanishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar va ijtimoiy ko’rsatkichlar) bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 2. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (2-daraja – «Tarmoq»). Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar, shuningdek respublika aholisiga xizmatlar ko’rsatish sohasi rivojlanishining muhim yo’nalishlarini aks ettiradi. 3. Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi respublika mahalliy tuzilmalari hududlari iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining rivojlanishini tavsiflaydi (3-daraja – «Hudud»). U hudud tumanlari (shaharlari), aholi punktlarining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkichlar o’z ichiga oladi. 4. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 50 indikatorlari tizimi (4-daraja – «Xo’jalik yurituvchi subyekt»). Mazkur tizim iqtisodiyot real sektorining nodavlat va davlat korxonalari hamda ijtimoiy soha tarmoqlari byudjet tashkilotlari (muassasalari)ning rivojlanish indikatorlarini o’z ichiga oladi. Indikatorlar tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak. Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning ushbu darajasi uchun indikatorlarning yagonaligi va majburiyligi. Ikkinchidan, indikatorlar yiriklashish va maydalashish qobiliyatiga ega bo’lishi, qiyoslanadigan bo’lishi lozim. Indikatorlar aniq o’lchovga ega bo’lishi, ya’ni aniq va o’lchanadigan bo’lishi kerak. Umuman olganda indikatorlar tizimi ijtimoiy-iqtisodiy soha faoliyatining barcha jihatlari yalpi tavsiflanishini ta’minlashi zarur. Shuningdek, indikatorlar tizimi ixcham, moslashuvchan, boshqaruvning har bir darajasida sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlarni aks ettirishga qodir bo’lishi lozim. Indikatorlar manzilli bo’lishi hamda vazirliklar va idoralar, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining Funksional faoliyati bilan bog’liq bo’lishi kerak. Indikatorlar ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini, xo’jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy o’sishni ta’minlashga va respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo’naltirishi lozim. Boshqaruvning har bir darajasi uchun indikatorlar soni cheklangan bo’lishi kerak. Indikativ rejalashtirishni joriy etishdan maqsad davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarini va xo’jalik yurituvchi subyektlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish va respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo’naltirilgan sa’y- harakatlarining uyg’unligini ta’minlashdan iborat. Indikatorlarni shakllantirish vaqtga ko’ra bog’langan jarayon. Ushbu holatda boshqaruv obyektining holatini tavsiflovchi yagona indikatorga erishish maqsadi qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish tizimining joriy etilishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim. 1-bosqich - «Tayyorgarlik». U indikativ rejalashtirish tizimini joriy etishga doir normativ-huquqiy bazani shakllantirish, uslubiy tavsiyalarni va respublika, tarmoqlar, tumanlar, shaharlar hududlari va xo’jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari tizimini ishlab chiqish, indikatorlar chegara qiymatlariga erishish monitoringini yuritishni tashkil etish tadbirlarini o’z ichiga oladi. 51 2-bosqich - «Indikativ rejalashtirish tizimi». 2-bosqich tadbirlari rejalashtirishning asosiy unsurlarini ishlab chiqishga qaratilgan, bular: prognozlashtirish jarayonini takomillashtirish, byudjet va investistiya jarayonlarini, davlat buyurtmalarini boshqarish, tarmoqlar, hududlar va xo’jalik yurituvchi subyektlarning respublika dasturlari va indikativ rejalarini shakllantirish. 3-bosqich - «Indikativ boshqarish tizimi». Indikativ boshqarish tizimining to’liq stiklini joriy etish. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimini shakllantirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlarining ro’yxati va chegara qiymatlari aniqlanishi kerak. Iqtisodiy o’sish konsepsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari ro’yxatini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Indikatorlar ro’yxati respublika Hukumati tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq har yili qayta ko’rib chiqilishi mumkin. O’zbekiston uchun optimal hisoblangan indikativ rejalashtirish tizimini asoslash uchun uslubiy asoslarni indikativ rejalashtirish tizimining asosiy unsurlarini ko’rib chiqish lozim. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling