B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv 
 
Tizimli yondashuv mohiyati tizimlar umumiy nazariyasi talablarini 
amalga oshirishdan iborat bo’lib, unga ko’ra har bir obyekt uni tadqiq 
etish jarayonida katta va murakkab tizim sifatida va bir vaqtning o’zida, 
umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim. 
1. Tizimli-majmuaviy yondashuv – turli ijtimoiy tizimlar 
(majmualar) – korxonalar, mintaqalar va jamiyatga nisbatan tizimli 
yondashuvni aniqlashtirish. Har bir majmua murakkab dinamik tizim 
sifatida va darajasi bo’yicha yanada yuqori tizimning unsuri sifatida 
ko’rib chiqiladi. Bunda unsuriy, tarkibiy, Funksional, maqsad, resurs, 
kommunikativ va tarixiy jihatlardan foydalaniladi. 
2. 
Tizimli-dasturiy 
(dasturiy-maqsadli) 
yondashuv 
strategik 
rejalashtirish obyektlarining yirik lokal ilmiy, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy 
va boshqa muammolarini hal etishga nisbatan tizimli yondashuvni 
aniqlashtirish. Tizimli-dasturiy yondashuvga xos belgilar: aniq maqsadga 
yo’naltirilganlik, 
tadbirlarning 
kompleksligi, 
amalga 
oshirish 
muddatlarining aniqligi va resurslar manbalarining ko’rsatilishi. Tizimli-
dasturiy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish jarayonida quyidagilarni 
ta’minlash zarur: 1) rejalashtirilayotgan tizimni rivojlantitrish maqsadini 
yoki uning uchun maqsadlar tizimini ilmiy jihatdan ta’riflash; 2) 
maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini ishlab chiqish; 3) 
resurslar hajmi va tarkibini aniqlash; 4) rejalashtirilayotgan tizimning 
faoliyat ko’rsatish modelini ishlab chiqish; 5) muqobil varintlardan 
biznes-qarorlarni tanlash uchun mezonni qidirib topish. 
3. 
Tizimli-multiplikastion 
yondashuv 
(multiplikastiya 
– 
ko’paytirish) – samaralari paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq 
etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. 
4. Tizimli-me’yoriy yondashuv – rejalashtirish subyektlarining 
talablarini indikativ rejalashtirishga, uning obyektlariga nisbatan (mehnat, 
moddiy va h.k.) resurslardan optimal tarzda foydalanish bo’yicha tizimli 
yondashuvni aniqlashtirish. Odatda u quyidagi uchta muhim yo’nalishda 
amalga oshiriladi: a) ijtimoiy yo’nalishlarni belgilash (dasturlar va 
rejalarda ijtimoiy tizim holatining muayyan darajasiga erishish uchun 


110 
maqsadlarni shakllantirish, masalan, ishsizlik darajasini mamlakat 
iqtisodiy faol aholisining 5 foizigacha kamaytirish); b) ishlab chiqarishni 
boshqarishda va boshqa sohalarda me’yorlar tizimidan foydalanish. 
Me’yor – joriy va rejalashtirilayotgan davr sharoitida belgilangan 
sifatdagi mahsulot birligini tayyorlash (ishlarni bajarish) uchun resursning 
ijtimoiy zarur sarflarining ilmiy asoslangan o’lchovi; v) normativlar 
tizimini ishlab chiqish va foydalanish. Normativ – me’yorning resursdan 
foydalanish darajasini yoki o’lchov birligi uchun uning solishtirma sarfini 
tavsiflovchi tarkibiy qismi, masalan, amortizastiya ajratmalari, soliq 
stavkalari, boshqaruv normativlari. 
5. Tizimli – tejash rejimi yondashuvi – faoliyatning barcha 
sohalarida tejash qonuni talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi 
tadbirlarni tadqiq etish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli 
yondashuvni aniqlashtirish. Indikativ rejalashtirish amaliyotida ushbu 
metodologik yondashuv tejash, tadbirlarini ishlab chiqish va bir 
resurslarni boshqasi bilan, eskirgan texnologiyalarni ilg’or texnologiyalar 
bilan samarali almashtirish bo’yicha topshiriqlarni belgilash. 
Xarajatlarning unda ular foydali samara birligiga kamayadigan tarzda 
qisqarishi (solishtirma xarajatlar) tejash rejimiga mos keladi. Mazkur 
yondashuvning asosiy yo’nalishlari – asosiy va aylanma xarajatlarni 
kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab 
chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash. 
6. Tizimli-dinamik yondashuv – indikativ rejalashtirish obyektlarini 
rivojlantirish, sifat xususiyatlarini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni 
tadqiq etiish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni 
aniqlashtirish. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning 
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining 
holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining 
holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini 
tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi 
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet 
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona 
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan 
foydalaniladi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling