B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

 
 
 
6.4.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari 
 
 
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 


104 
rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, 
ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar makroiqtisodiy, tarmoq, idoraviy, 
hududiy xususiyatga ega bo’lib, ular umuman mamlakat bo’yicha, xalq 
xo’jaligi majmualari va iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, mintaqalar 
bo’yicha ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot davlat sektorining rivojlanishini 
prognoz qilish alohida ajratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari uzoq muddatli, o’rta 
muddatli va qisqa muddatli istiqbollar uchun bir necha variantlarda ishlab 
chiqiladi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 
5-10 va undan ortiq yillar uchun ishlab chiqiladi. U birinchi navbatda 
qurilish ko’lamlaridagi, muddatlardagi, xarajatlarni qoplashdagi xatolar 
jamiyat uchun qimmatga tushadigan holatlarda yirik qimmatbaho 
loyihalarni amalga oshirishda zarur. Uzoq muddatli prognozning asosida 
fan, texnikaning rivojlanish tendenstiyalari, fan-texnika taraqqiyotida 
kutilayotgan yuksalishlar yotadi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
prognozlarining 
ma’lumotlaridan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
konsepsiyasini, o’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 
3 yildan 5 yilgacha bo’lgan davrga ishlab chiqiladi va unga har yili 
tuzatishlar kiritiladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish konsepsiyasi ushbu prognozni ishlab chiqish uchun 
boshlang’ich asos bo’ladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi e’lon qilinishi lozim.
Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
prognozi har yili ishlab chiqiladi. Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi
:
• O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar ijtimoiy – iqtisodiy 
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari;
• Ijtimoiy rivojlanish;
• Fanning rivoji;
• Byudjetdan tashqari va maqsadli byudjet fondlarining 
mablag’larini shakllantirish va sarflash;
• Xususiylashtirish;
• To’lov balansi;


105 
• Fond bozorining rivojlanishi;
• Birlashtirilgan byudjet;
• Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi.
Shuningdek, yilning choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
prognozlari ham ishlab chiqiladi.
Davlat prognozlaridan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat 
organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar 
qo’llanilishida foydalaniladi. Prognoz mavjud bo’lgan taqdirda qarorlar 
nafaqat joriy voqealar uchun munosabat bildirish sifatida, balki uning 
oqibatlari to’g’risida aniq tasavvurni hisobga olgan holda qabul qilinadi. 
Har qanday qaror uning muhmligi va prognozlarning aniqligiga qarab 
qabul qilinadi.
Prognozlar xulosalari belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda 
rivojlanishning obyektiv tarzda mumkin bo’lgan variantlari sifatida 
dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham 
zarur. Prognoz korxonalarga noxush natijalarni, masalan, bankrotlikni 
oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling