B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv
Tizimli yondashuv mohiyati tizimlar umumiy nazariyasi talablarini amalga oshirishdan iborat bo’lib, unga ko’ra har bir obyekt uni tadqiq etish jarayonida katta va murakkab tizim sifatida va bir vaqtning o’zida, umumiy tizim unsuri sifatida ko’rib chiqilishi lozim. 1. Tizimli-majmuaviy yondashuv – turli ijtimoiy tizimlar (majmualar) – korxonalar, mintaqalar va jamiyatga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Har bir majmua murakkab dinamik tizim sifatida va darajasi bo’yicha yanada yuqori tizimning unsuri sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda unsuriy, tarkibiy, Funksional, maqsad, resurs, kommunikativ va tarixiy jihatlardan foydalaniladi. 2. Tizimli-dasturiy (dasturiy-maqsadli) yondashuv strategik rejalashtirish obyektlarining yirik lokal ilmiy, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolarini hal etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Tizimli-dasturiy yondashuvga xos belgilar: aniq maqsadga yo’naltirilganlik, tadbirlarning kompleksligi, amalga oshirish muddatlarining aniqligi va resurslar manbalarining ko’rsatilishi. Tizimli- dasturiy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish jarayonida quyidagilarni ta’minlash zarur: 1) rejalashtirilayotgan tizimni rivojlantitrish maqsadini yoki uning uchun maqsadlar tizimini ilmiy jihatdan ta’riflash; 2) maqsadlarga erishishning muqobil variantlarini ishlab chiqish; 3) resurslar hajmi va tarkibini aniqlash; 4) rejalashtirilayotgan tizimning faoliyat ko’rsatish modelini ishlab chiqish; 5) muqobil varintlardan biznes-qarorlarni tanlash uchun mezonni qidirib topish. 3. Tizimli-multiplikastion yondashuv (multiplikastiya – ko’paytirish) – samaralari paydo bo’lishi bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etishga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. 4. Tizimli-me’yoriy yondashuv – rejalashtirish subyektlarining talablarini indikativ rejalashtirishga, uning obyektlariga nisbatan (mehnat, moddiy va h.k.) resurslardan optimal tarzda foydalanish bo’yicha tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Odatda u quyidagi uchta muhim yo’nalishda amalga oshiriladi: a) ijtimoiy yo’nalishlarni belgilash (dasturlar va rejalarda ijtimoiy tizim holatining muayyan darajasiga erishish uchun 110 maqsadlarni shakllantirish, masalan, ishsizlik darajasini mamlakat iqtisodiy faol aholisining 5 foizigacha kamaytirish); b) ishlab chiqarishni boshqarishda va boshqa sohalarda me’yorlar tizimidan foydalanish. Me’yor – joriy va rejalashtirilayotgan davr sharoitida belgilangan sifatdagi mahsulot birligini tayyorlash (ishlarni bajarish) uchun resursning ijtimoiy zarur sarflarining ilmiy asoslangan o’lchovi; v) normativlar tizimini ishlab chiqish va foydalanish. Normativ – me’yorning resursdan foydalanish darajasini yoki o’lchov birligi uchun uning solishtirma sarfini tavsiflovchi tarkibiy qismi, masalan, amortizastiya ajratmalari, soliq stavkalari, boshqaruv normativlari. 5. Tizimli – tejash rejimi yondashuvi – faoliyatning barcha sohalarida tejash qonuni talablarining amalga oshirilishini ta’minlovchi tadbirlarni tadqiq etish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Indikativ rejalashtirish amaliyotida ushbu metodologik yondashuv tejash, tadbirlarini ishlab chiqish va bir resurslarni boshqasi bilan, eskirgan texnologiyalarni ilg’or texnologiyalar bilan samarali almashtirish bo’yicha topshiriqlarni belgilash. Xarajatlarning unda ular foydali samara birligiga kamayadigan tarzda qisqarishi (solishtirma xarajatlar) tejash rejimiga mos keladi. Mazkur yondashuvning asosiy yo’nalishlari – asosiy va aylanma xarajatlarni kamaytirish, jonli mehnatni, tabiiy resurslarni tejash, tovarlar va noishlab chiqarish fondlarining muomalasi va iste’mol qilinishi jarayonida tejash. 6. Tizimli-dinamik yondashuv – indikativ rejalashtirish obyektlarini rivojlantirish, sifat xususiyatlarini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tadqiq etiish, ishlab chiqish va asoslashga nisbatan tizimli yondashuvni aniqlashtirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini; tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan foydalaniladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling