B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
6.4.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 104 rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar makroiqtisodiy, tarmoq, idoraviy, hududiy xususiyatga ega bo’lib, ular umuman mamlakat bo’yicha, xalq xo’jaligi majmualari va iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha, mintaqalar bo’yicha ishlab chiqiladi. Iqtisodiyot davlat sektorining rivojlanishini prognoz qilish alohida ajratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari uzoq muddatli, o’rta muddatli va qisqa muddatli istiqbollar uchun bir necha variantlarda ishlab chiqiladi. Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 5-10 va undan ortiq yillar uchun ishlab chiqiladi. U birinchi navbatda qurilish ko’lamlaridagi, muddatlardagi, xarajatlarni qoplashdagi xatolar jamiyat uchun qimmatga tushadigan holatlarda yirik qimmatbaho loyihalarni amalga oshirishda zarur. Uzoq muddatli prognozning asosida fan, texnikaning rivojlanish tendenstiyalari, fan-texnika taraqqiyotida kutilayotgan yuksalishlar yotadi. Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarining ma’lumotlaridan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini, o’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 3 yildan 5 yilgacha bo’lgan davrga ishlab chiqiladi va unga har yili tuzatishlar kiritiladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi ushbu prognozni ishlab chiqish uchun boshlang’ich asos bo’ladi. O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish prognozi e’lon qilinishi lozim. Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi har yili ishlab chiqiladi. Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish prognozi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi : • O’zbekiston Respublikasi va viloyatlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari; • Ijtimoiy rivojlanish; • Fanning rivoji; • Byudjetdan tashqari va maqsadli byudjet fondlarining mablag’larini shakllantirish va sarflash; • Xususiylashtirish; • To’lov balansi; 105 • Fond bozorining rivojlanishi; • Birlashtirilgan byudjet; • Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi. Shuningdek, yilning choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari ham ishlab chiqiladi. Davlat prognozlaridan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar qo’llanilishida foydalaniladi. Prognoz mavjud bo’lgan taqdirda qarorlar nafaqat joriy voqealar uchun munosabat bildirish sifatida, balki uning oqibatlari to’g’risida aniq tasavvurni hisobga olgan holda qabul qilinadi. Har qanday qaror uning muhmligi va prognozlarning aniqligiga qarab qabul qilinadi. Prognozlar xulosalari belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarda rivojlanishning obyektiv tarzda mumkin bo’lgan variantlari sifatida dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham zarur. Prognoz korxonalarga noxush natijalarni, masalan, bankrotlikni oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling