B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
-rasm. Mintaqaviy kompleks dasturlarni ishlab chiqish va
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ijtimoiy blok indikatorlari
4-rasm. Mintaqaviy kompleks dasturlarni ishlab chiqish va baholashga nisbatan kombinastiyalangan yondashuv 9.4. Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy muammolar. O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti Mintaqaviy siyosat ko’plab murakkabliklarga ega bo’lib, ular ham iqtisodiy, ham siyosiy omillar bilan belgilangan. Mintaqalar katta huquqlar va harakatlar erkinligiga ega bo’lishi bilan davlat va mintaqalar o’rtasida ham, hududlar manfaatlari o’rtasida ham ziddiyatlar kelib chiqishi muqarrar. Shuning uchun oqilona davlat siyosati zarur. Mintaqani rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqish 1. Mutlaq inertsion ssenariy. 2. Inersion jadal ssenariy. 3. Innovatsion ssenariy. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash 1Atrof- muhitni muhofaza etish va tabiiy- resurs majmuini rivojlantirish 2. ASM va sanoatni rivojlantirish 3. Mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirish 4. Sayyohlik- rekreatsion majmuani istiqbolli rivojlantirish 5. Respublika aholisi turmushi sifati va darajasini oshirish Mintaqani ijtimoiy- iqtisody rivojlantirish indikatorlarining yig’indisini shakllantirish 1. Ijtimoiy blok indikatorlari: а) salomatlik; б)ta’lim; в) farovonlik; г) xavfsizlik; д) uy-joy; е) kommunikatsiya; ж) madaniyat; з) demografiya; 2. Iqtisodiy blok indikatorlari: а) ishlab chiqarishning institutsional tarkibi;; б) sanoat; в) qishloq xo’jaligi; г) transport; д)qurilish; е) narxlar; ж) savdo; з) umumiy ovqatlanish; и) aholiga xizmatlar ko’rsatish va hk; к) makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Ma qs adni bel g il as h Ij ti m oi y – iqt isod iy ri vo jl an ishn i da st u ri y indi kat iv loas ht ir ish Dasturni amalga oshirish asnosida indikatorlar yordamida mintaqaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini baholash 1. Yakka indikatorlarni hisoblab chiqish. 2. Umumlashtirilgan indikatorlarni hisoblab chiqish. 3. Integral indikatorlarni hisoblab chiqish. 4. Reja va faktni taqqoslash. Ssena ri y va yondas h uv Ij ti m oi y -i қt is odi y ri vo jl ani sh n i das -t ur iy indi kas ti y al as h 129 Hukumatning mintaqaviy rivojlanishga ta’sir ko’rsatuvchi tadbirlari asosiy qismi umumiy makroiqtisodiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy siyosat, institustional o’zgarishlar doirasida amalga oshiriladi. Ularni ishlab chiqish va amalga oshirishda integrastiya samarasi va hududlarni yalpi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi hisobga olinadi. Davlatning ulushli ishtirokidagi investistiya loyihalarining tanlovini o’tkazishda ularning muayyan mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini hisobga olish zarur. Davlatning mintaqaviy iqtisodiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy normalar tizimini barpo etish, mintaqaviy rivojlanishni davlat yo’li bilan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish lozim. Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda barcha mamlakatlar o’ziga xos muammolarga duch kelishadi. Birinchidan, mintaqaviy imkoniyatlarni tenglashtirish siyosati hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning to’liq mos kelishiga olib kelmaydi. Davlat mutlaq emas, balki nisbiy tenglikni ta’minlashga urinadi. Ikkinchidan, mintaqaviy siyosat tarkibiy siyosat bilan murakkab o’zaro bog’liqlikka ega. Ular bir- birini to’ldirishi ham, bir-biriga zid bo’lishi ham mumkin. Agar ko’p tarmoqli ishlab chiqarishga ega bo’lgan har tomonlama rivojlangan mintaqalarni oladigan bo’lsak, iqtisodiyot tarkibini yaxshilash uning rivojlanishiga yordam beradi. Lekin ayrim hududlar tarixan yuzaga kelgan kam ishlab chiqarish sohasiga ega. Fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning ikkita shartli guruhga (ilg’or va qaloq tarmoqlarga) ajralishi sharoitida hukumatning ilg’or tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash chora- tadbirlari shunga olib keladiki, ko’plab yangi tarmoqlarga ega bo’lgan mintaqalarda rivojlanish uchun umumiy turtki kuchayadi. Asosan qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan eski tarmoqlarga ega bo’lgan mintaqalarda esa umumiy pasayish, bandlikning qisqarishi, ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi kuzatiladi. Shuning uchun mintaqaviy siyosat oqilona va ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling