B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

 
Tayanch tushunchalar 
Mehnat resurslari, hududiy notenglik, noishlab chiqarish omillari
mintaqalarning notengligi, mintaqaviy siyosat, integrastiya, subsidiyalar, 
dasturlashtirish, strategik ahamiyat, kompleks dasturni salohiyati, dastur 
pasporti, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari, 
integrastiya, institustional o’zgarishlar. 


130 
 
Xulosalar 
Yillar o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish omillarining iqtisodiy 
rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi 
uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Hududiy 
notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. U, bir 
tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat hududi bo’ylab 
joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan, alohida omillarning 
iqtisodiy rivojlanishdagi rolining dinamikasi bilan bog’liq. Shuning uchun 
davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning muayyan hududiy-
ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Davlat o’z navbatida 
ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga, zarur 
holatlarda – ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam 
beradi. Mintaqalar muayyan iqtisodiy yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum 
darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur. Hozirgi vaqtga kelib mintaqaviy 
dasturlashtirish jahon amaliyotida nazariy tadqiqotlar borasida katta 
tajriba to’plangan bo’lib uni milliy iqtisodiyotda joriy etishning ayni
vaqti.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar. 
1. Davlatning mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan maqsad 
nima? 
2. Mintaqaviy siyosatga doir qanday xorijiy tajribalar e’tiborga 
loyiq. 
3. Mintaqaviy 
rejalashtirishni 
ishlab 
chiqarishning 
asosiy 
yo’nalishlari qanday. 
4. Mintaqaviy rivojlanish muammolarini qanday yo’l bilan hal etish 
mumkin. 
5. O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti qanday tashkil 
etilgan. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling