B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari


Download 0.51 Mb.
bet32/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari
Sertifikatlashtirish asoslari O’zbekiston Respublikasining Qonuni ≪Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish≫da keltirilgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (≪O’zstandart≫) sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organ va sertifikatlashtirish tizimi ishtirokchilarini akkreditlash bo’yicha organ deb belgilangan.
Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadigan Majburiy sertifikatlanishi lozim bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha va shuningdek, boshka qonunchilik aktlarida ko’zda tutilgan xollarda amalga oshiriladi. Majburiy sertifikatlashtirishni o'kazish bo’yicha ishlarni tashkil etish ≪O’zstandart≫ agentligi zimmasiga yuklangan.
Sertifikatlashtirishni birjinsli mahsulotlarni majburiy akkreditlash bilan sertifikatlashtirish bo’yicha organlar amalga oshiradi. Majburiy sertifikatlashtirish subʼektlari ≪O’zstandart≫ agentligi, sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov laboratoriyalari (markazlari), nazorat organlari, mahsulotni tayyorlovchilar (sotuvchilar)dan iborat bo’ladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha organlarga bir jinsli mahsulotni sertifikatlashtirish tizimini yaratish, sertifikatlashtirish sxemalarini tanlashni amalga oshirish va buyurtmachilarga sertifikatlashtirilgan mahsulotga muvofiqlik nishonini qo’llash huquqini berish huquqi berilgan.
Qonun import va eksport kilinadigan mahsulotni sertifikatlashtirish shartlarini belgilab bergan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotga uning belgilab qo’yilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat va muvofiqlik nishoni ilova qilinishi lozim. Muvofiqlik sertifikati yuk bo’lgan holda bojxona nazorat organlari o’tkazilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishni Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalari bo’yicha o’tkazish masalasi hal etilguniga qadar to’xtatib turadilar.
Qonun, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi bo’yicha ixtiyoriy sertifikatlashtirishni ham ko’zda tutadi, unga kura istalgan mahsulot o’zining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirilishi mumkin.
Qonun tayyorlovchilarning (tadbikorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilganligi uchun javobgarligini va shuningdek, sertifikatlashtirish bo’yicha organlarning asoslanmagan sertifikat berishi va buyurtmachining tijorat sirini oshkor kilganligi uchun javobgarligini ko’zda tutadi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni sotganlik uchun sotilgan mahsulotning qiymati mikdorida jarima solinadi. Jarima ≪O’zstandart≫ agentligining davlat inspektori tomonidan undiriladi. Jarimaning undirilishi sertifikatlashtirishni o’tkazishdan ozod etmaydi.
Respublika Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan ≪Isteʼmolchilarning )^kuklarini xdmoya qilish to’g’risida≫gi Qonun sertifikatlashtirishning qo’shimcha huquqiy asosini berdi. Xususan, qonunda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan tovarni sotishda isteʼmolchiga uning sertifikatlashtirilganligi haqidagi axborot takdim etilishi lozimligi aytib utilgan. O’zoq muddatli tovarlar va xizmatlarga tayyorlovchi kafolat muddatini belgilashi lozim.
Qonun isteʼmolchining - tovarni, ishni yoki xizmatni shaxsan isteʼmol qilish yoki shaxsiy xo’jalikda foyda olish bilan bog’liqmas foydalanish maqsadlarida sotib olayotgan, buyurtma berayotgan yoki sotib olish yoki buyurtma berishni muljallayotgan fuqaroning (jismoniy shaxsning) manfaatlarini x,imoya qilishga qaratilgan. Isteʼmolchi huquqlarining bo’zilishi uchun javobgarlik bu qonunga muvofiq tovarni sotish uchun ishlab chiqaradigan tayyorlovchi, ishni bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi ijrochi, isteʼmolchiga tovarni sotayotgan sotuvchi zimmasiga yuklatilgan.
Isteʼmolchi bunda quyidagi huquqlarga ega:
- tovar (ish, xizmat) va shuningdek, tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) hakida haqqoniy va tuliq axborot olish;
- tovarni (ishni, xizmatni) erkin va kerakli sifatini tanlash;
- tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi;
- hayot, sog’lik va mulk uchun xavfli kamchiliklarga ega bo’lgan tovar (ish, xizmat)ning kamchiliklari va shuningdek, tayyorlov chining (ijrochining, sotuvchining) noqonuniy amali (amal qilmasligi) bilan yetkazilgan moddiy, maʼnaviy zararni to’la hajmda to’ldirish;
- bo’zilgan huquqlarini va qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sud va vakolatli davlat muassasalariga murojaat qilish;
- isteʼmolchilarning ijtimoiy birlashmalarini to’zish.
Qonun isteʼmolchiga tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) haqida ham (5-modda), tovar hakida xam (6-modda) to’liq axborot berilishini belgilab qo’ygan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan tovarni nisbatan isteʼmolchiga sertifikatlashtirilganligi hakida axborot berilishi lozim. Tovar (ish, xizmat) hakidagi zaruriy axborotning yo’qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni tegishli davlat organining buyrug’iga muvofiq u kursatilguniga qadar sotilishini tuxtatib qo’yilishiga olib keladi.
O’zoq muddatli foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarning barcha turlariga tayyorlovchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilashi lozim. Tayyorlovchi (ijrochi) tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida uning xavfsizligini taʼminlashi yoki u belgilanmagan bo’lsa, tovarni (ishni) isteʼmolchiga sotilgan kunidan boshlab o’n yil davomida taʼminlashga majburdir.
Isteʼmolchilarning hayoti, sog’ligi va mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarganlik uchun qonunchilikka asosan quyidagilar javobgardirlar:
- tayyorlovchi (ijrochi);
- normativ xujjatlarni tasdiklagan organ;
- muvofiqlik sertifikatini bergan tashkilot;
- xavfli tovarni (ishni, xizmatni) ishlab chikarish yoki sotuvga ruxsat etgan sog’liqni saqlash, tabiatni qo’riqlash, veterinariya xizmati organlari yoki boshka organlar.
Davlat isteʼmolchilarga tovarni (ishni, xizmatni) sotib olish va undan foydalanishda ularning huquqlarining va qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Isteʼmolchilar huquqlarining davlat ximoyasini davlat xokimiyati va boshkaruv organlari, sudlar taʼminlaydi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadlarida ≪O’zstandart≫ agentligi, Davlat arxitektura-qurilish, Davlat tabiatni qo’riqlash qo’mitasi, Sog’likni saqlash vazirligi va davlat boshkaruvining boshka organlari o’z vakolatlari chegaralarida tovarlar (ishlar, xizmat- lar)ning xavfsizligi, sifati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Tayyorlovchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchilarning huquqlarini ximoya qilish haqidagi qonunni bo’zgan xollarda javobgardir. Qonunning 26-moddasining birinchi qismida sanab o’tilgan ≪O’zstandart≫ agentligi va davlat boshkaruvining boshqa organlari quyidagi xollarda jarima solish huquqiga egadirlar:
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan bo’zilishi;
- ularning buyruklarini tayyorlovchi (sotuvchi) ijro qilishdan bo’yin tovlaganida, o’z vaqtida va lozim darajada ijro etmaganda;
- normativ xujjatlar talablariga javob bermaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan isteʼmolchilarga zarar yetkazganida.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida yuridik va jismoniy shaxslarning mahsulot ishlab chiqarilishi va xizmat ko’rsatilishida normativ hujjatlar talablarini sertifikatlashtirish qoidalarini bo’zganliklari uchun javobgarligi ko’zda tutilgan.
Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning quyidagi javobgarlik choralari ko’zda tutilgan:
- jarima sanktsiyalari;
- huquqiy choralar;
- og’ir oqibatlarga olib kelgan bo’zilishlarga yo’l qo’ygan amaldor shaxslarning jinoiy javobgarligi;
- fuqarolik javobgarligi.
Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar bo’yicha normativ xujjatlarga mos kelmaydigan tovarni sotganlik, majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotni muvofiqlik sertifikatisiz sotganlik, mahsulotni taqiqlashga karamasdan sotganlik uchun qo’llaniladi. Sertifikatlashtirish soxasidagi qonunchilikning bo’zilishi uchun javobgarlikning normativ-huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, qonunosti aktlari va normative hujjatlarni o’z ichiga oladi. Bular jumlasiga quyidagilar taalluqlidir; ≪Standartlashtirish to’g’risida≫gi,
≪Metrologiya to’g’risida≫gi,
≪Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida≫gi,
≪Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida≫gi,
≪Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida≫gi qonunlar,
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 martdagi ≪O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risida≫gi 92-sonli qarori,
1994 yil 12 avgustdagi ≪Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar ro’yxatini, sertifikatlashtirishni o’tkazish, xavfsizligi tasdiklanishi lozim bo’lgan tovarlarni olib kirish, O’zbekiston Respublikasi hududiga va uning hududidan olib ketish tartibini tasdiqlash to’g’risida≫gi 409-sonli Qarori,
1994 yil 12 avgustdagi ≪O’zbekiston Respublikasi hukumatining baʼzi qarorlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish haqida≫gi 410-sonli Qarori,
2004 yil 6 iyuldagi ≪Mahsulotni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish bo’yicha qo’shimcha choralar hakida≫gi 318-sonli Qarori. qonunlar va qonunosti aktlari talablarining ijro etilishi uchun majburiy bo’lgan normativ hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, huquqni buzgan subʼektlarni javobgarlikka tortish tartibini ko’zda tutadi.
Sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka ≪O’zstandart≫ agentligi tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini o’tkazish bo’yicha akkreditlangan
sertifikatlashtirish bo’yicha organlar, sinov va shuningdek, tayyorlovchilar (tadbirkorlar) javobgardirlar. Sertifikatlashtirish bo’yicha organ tomonidan sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi ularning akkreditlanganligi haqidagi guvoxnomaning tuxtatib kuyilishi yoki bekor qilinishi turidagi jazoga olib keladi.
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) quyidagilar uchun javobgardirlar;
- muvofiqlik sertifikatisiz va shuningdek, muvofiqlik nishoni bilan nohuquqiy nishonlangan mahsulotni sotish;
- muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lmagan mahsulotni reklama qilish;
- nazorat organining buyrugi bo’yicha tuxtatib qo’yilgan yoki takikpangan mahsulotni sotish.
Sertifikatlashtirish qoidalarining bo’zilishi sertifikatning va muvofiqlik nishonining amal qilinishini to’xtatib quyilishi va bekor qilinishini ko’zda tutadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling