B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Download 0.51 Mb.
bet36/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

Nazorat uchun savollar
1. Sertifikatlashtirish sxemalari qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan?
2. Qaysi sertifikatlashtirish sxemalari eng oddiy sertifikatlashtirish sxemasi hisoblanadi?
3. Eng qimmat sertifikatlashtirish sxemasi?


13-Ma’ruza: Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlshtirish ketma-ketligi tizmasi. Sertifikatlashtirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar
Ushbu sertifikatlashtirish Nizomning buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasi



1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigienik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o’tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va obhektni tekshiradi.
1a. CHorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi.
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo’lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma javob yuboradi.
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to’xtatib turiladi.
1v. O’simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o’simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi.
1g. O’simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi.
2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigienik xulosa beradi.
3,4. Ariza beruvchi o’z xohishiga ko’ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun «GS1 Uzbekistan»ga murojaat qilishi mumkin.
5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigienik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin).
6. Sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma rad javobini beradi.
Sertifikatlashtirish uchun zarur boladigan me’yoriy hujjatlar.
Sertifikatlashtirish uchun O’zbekiston Res’ublikasida amalda qo’llanilayotgan me’yoriy hujjatlar jumladan: Vazirlar Mahkamasi qarorlari, texnikaviy hujjatlar, davlatlararo hujjatlar (GOST), SaNQvaM ga rioya qilgan holda hujjatlardan foydalaniladi. Masalan birgina sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining 122-qarori 2011 yildan buyon amalda qo’llanilib kelinmoqda. Ushbu xujjatda sertifikatlashtirish tartibotlari qayd etilgan. Har bir oziq-ovqat mahsulot turlari uchun amalda qo’llanilayotgan MH qo’llaniladi, masalan paxta moyi uchun O’zDSt 816:2012 davlat standarti talablari o’rnatilgan. Ushbu standart asosida mahsulotga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Shu asnoda har bir mahsulotning texnikaviy shartlari aks ettirilgan me’yoriy hujjatlar mavjud bo’ladi. Ushbu hujjatlarni qidirish uchun O’zstandart agentligi axborot-resurslari markaziga murojaat etiladi. Qiziquvchilar uchun u erda kutibxona mavjud bo’lib kutubxonada klassifikator mavjud. Klassifikator orqali mahsulot uchun zarur bo’lgan davlat standarti yoki bolmasa, davlatlararo standart qidirib topiladi. SanQvaM bu sanitar qoidalar va me’yorlar, ushbu xujjatlar to’’lamida ozqi-ovqat mahsulotlariga xavfsizlik va gigienik talablar qo’yilgan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling