B ibragimov, M. Ibragimov


Mavzuga oid nazorat savollari


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Mavzuga oid nazorat savollari. 
1. Suzish sporti O’zbеkiston hududlarida qachon paydo bo’lgan va 
rivojlangan? 
2. Hozirgi kunda suzishning qanday turlarini bilasiz gapirib bеring? 
3. O’zbеkiston Rеspublikasining jismoniy tarbiya tizimida suzish qanday 
mavqеga ega? 
Adabiyotlar 
1. N.J. Bulgakova. Sportivnoye plavaniye. Uchebnik – М. 1996.
2. V.M.Korbut, R.G.Israilova, V.I. Voljin. Suzish. – Toshkent, 2018. 
3. B.B.Ibragimov, M.B.Ibragimov. Jismoniy madaniyat va sport (Jismoniy 
tarbiya). – Buxoro, 2019. 


125 
2-MODUL. SPORT O`YINLARI BO`YICHA MUSOBAQALAR 
O`TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH. 
 
IV BOB. FUTBOL O`YINI BO’YICHA MUSOBAQALAR O’TKAZISH VA 
HAKAMLIK QILISH 
4.1. Futbol musobaqalarni tashkil etish, o`tkazish va uning ahamiyati. 
Futbol musobaqalari o’quv-mashg’ulot ishlarining asosiy qismini tashkil 
etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda futbolning ommaviy 
rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib 
yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va 
umuman jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi 
darajasini aniqlaydi, o’quv-mashg’ulot jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash 
imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashg’ulot ishlarini yakunlash vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. 
Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, korxona 
jamoasi, shahar, respublika, mamlakat oldidagi ma’suliyat hissini tarbiyalaydi. 
O’yinlarning emostional keskinligi futbolchilarning psixologik xususiyatlarini 
aniqlashga imkon beradi. 
Ochiq havoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish 
jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy kamolotning hammabop va 
qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish 
bilan futbolni targ’ib qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat 
qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir 
ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb 
etadi. 
Futbol hakamining tarbiyachi – pedagog va o’yin rahbari sifatidagi ahamiyati 
juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydonda ro’y beradigan qo’polliklarga va ayrim 
futbolchilarning intizomsizligiga qarshi qat’iy kurashish, musobaqalashayotgan 
jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbeh va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik 
va texnik jihatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi. 


126 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling