B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
x
y x1 y1 D E O –x1 –y1 88
Vo‘r=(V1 T1+V2 T2)/(T1+T2)). 56*. T1 soatda tezligi V1 km/soat, T2 soatda tezligi V2 km/soat bo‘lgan poyezdning bosib o‘tgan S yo‘lini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: S1=V1∙T1, S2=V2∙T2 va S=S1+S2). 57*. Massasi m, zichligi bo‘lgan jismning hajmi V ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: m=V∙ ). 58. Zichligi , hajmi V bo‘lgan jismning massasi m ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: m=V∙ ). 59. Massasi m, hajmi V bo‘lgan jismning zichligi ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: m=V∙ ). 60*. Uyning bo‘yi A m, eni B m, balandligi esa M m. Shu uydagi havoning mas- sasi m ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: havo zichligi =0,00129 g/sm 3 , V=A∙B∙M, m=V∙ , miqdorlarning birliklariga e’tibor bering). 61*. G‘ishtning bo‘yi 25 sm, eni 12 sm, qalinligi esa 6,5 sm, zichligi 1,29 g/sm 3 . Bino qurish uchun N ta g‘isht kerak. Barcha g‘ishtlarni tashish uchun yuk ko‘tarish imkoniyati 3 tonna bo‘lgan avtomobillar soni S ni chiqaring (yo‘llanma: avvalgi masala formulalaridan foydalaning). 62. A tonna kerosin quyilgan idishning hajmi V ni chiqaring (yo‘llanma: kerosin- ning zichligi ρ=800 kg/m 3 , m=V∙ , miqdorlarning birliklariga e’tibor bering). 63*. Paxta yog‘ining zichligi =1,087 g/sm 3 bo‘lsa, A litr paxta yog‘i massasi m ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: 1 litr=1 dm 3 =0,001 m 3 ni e’tiborga olib m=V∙ formuladan foydalaning, miqdorlarning birliklariga e’tibor bering). 64. Uzunligi A m, eni B dm va qalinligi M sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxtaning hajmi V ni qiymatini m 3 , dm 3 , sm 3 va mm 3 larda ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: taxtaning zichligi ρ=3,1 g/sm 3 , m=V∙ formuladan foydalaning, mi- qdorlarning birliklariga e’tibor bering). 65. Hajmi V m 3 bo‘lgan sharni to‘ldirgan gazni massasi m kg ga teng. Gazning zichligi ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: m=V∙ ). 4-§. SODDA IQTISODIY MASALALAR 66*. Tovarning narxi A so‘m. B so‘mga olinishi mumkin bo‘lgan tovar soni M ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=[B/A], [a] – a sonini butun qismi). 67*. Tovarning narxi A so‘m. B ta tovar olinishi uchun kerak bo‘ladigan qiymat M ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=B∙A). 68*. Тovarning narxi A so‘m edi. Unga bo‘lgan talab oshgandan so‘ng uning narxi B % ga ko‘tarildi. Тovarning yangi bahosi M ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=A∙ (1+B/100)). 69*. Bir tovar narxi A so‘m, ikkinchi tovar narxi B so‘m bo‘lsa, birinchi tovardan M ta, ikkinchi tovardan G ta sotib olish uchun kerak bo‘ladigan qiymat S ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: S= M∙A+G∙B). 89
gungacha quritish zarur bo‘ladi. A kg mayiz tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan M kg uzum og‘irligini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=A∙B/100). 71*. Bir metr kvadrat yerga bo‘lgan soliq A so‘mni tashkil etadi. Yiliga inflyatsi- ya (qadrsizlanish) darajasi B foizni tashkil etsa, M yildan so‘ng yer solig‘i S ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: 1 yildan so‘ng yer solig‘i A*(1+B/100), 2 yildan so‘ng yer solig‘i A*(1+B/100)*(1+B/100), …). 72*. Bankka yiliga B foizli daromad olish uchun qo‘yilgan A so‘m pulning M yil- dan keyingi qiymatini aniqlang (yo‘llanma: 1 yildan so‘ng A*(1+B/100), 2 yildan so‘ng A*(1+B/100)*(1+B/100), …). 73*. Mijoz bankka B so‘m pul qo‘ydi. Bankdagi pulga yiliga M foiz ustama qo‘shiladi. Necha yildan keyin mijozning puli A so‘mdan oshishini aniqlang (yo‘llanma: AN 100 B 1 tengsizlik yechimidan foydalaning). 74*. Bojxona postidan o‘tkazilayotgan har A tonna yukning B foizi noqonuniy ekanligi ma’lum bo‘lsa, M tonna yukdan noqonuniy hisoblanadigan qismi og‘irligi S ni ekranga chiqaring (yo‘llanma: A A*B/100, M S proporsiya yechimidan foydalaning). 75*. A va B butun turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring, ya’ni: A=3, B=4 bo‘lsa, A=4, B=3 bo‘lsin. Yechim:
deb hisoblash mumkin, chunki masalani yechishda matematik va mantiqiy bilimning o‘zi yetarli emasligi ko‘rinadi. Masalani A=3, B=4 holda ko‘raylik. Ko‘pincha “sodda” dasturchi masala shartidagi “o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib” qismiga e’tibor bermay quyidagicha yechim taklif etadi: Var A, B: integer; Begin A:=3; B:=4; Writeln(‘Marhamat: A= ’, B, ‘; B= ‘, A); End. Holbuki, “o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib” deganda kompyuter xo- tirasidagi qiymatini almashtirish ko‘zda tutilgan bo‘ladi, yuqoridagi kabi chiqarish protsedurasidagi “aldov” emas. O‘ylab qaralsa masala yechimi baribir soddadek ko‘rinadi: Var A, B: integer; Begin A:=3; B:=4; A:=B; B:=A; Writeln(‘Marhamat: A= ’, A, ‘; B= ‘, B); End. 90
Marhamat: A= 4; B= 4 Natija xatoku, 3 qayerga ketdi?! Xatolikni aniqlash uchun dasturni tahlil qilamiz: A:=3; B:=4; bu o‘zlashtirish operatorlari bajarilgach xotirada A o‘zgaruvchi uchun ajratilgan joyga 3, B o‘zgaruvchi uchun ajratilgan joyga 4 yoziladi. A:=B; o‘zlashtirish operatori bajarilgach A o‘zgaruvchi uchun ajratilgan xotiradagi joy tozalanib B o‘zgaruvchining qiymati 4 yoziladi. Demak, xotirada A=4 va B=4 hosil bo‘ladi, ya’ni 3 qiymat xech qayerda yo‘q, o‘chib ketdi. B:=A; o‘zlashtirish operatori bajarilgach B o‘zgaruvchi uchun ajratilgan xotiradagi joy tozalanib A o‘zgaruvchining qiymati 4 yoziladi. Demak, dastur xato tuzilgan! Masalani hayotiy bir masalaga qiyoslaylik: ikkita bola (3 va 4) ikkita (A va B) stulda o‘tirishibdi. Bitta stulda faqat bitta bola o‘tirishi mumkin. Bolalar stul- larini almashtirishlari kerak. Lekin, bir vaqtda ikkita bola o‘rnidan turishi mum- kin emas. O‘ylab ko‘rib, shunday fikr bildirishingiz tabiiy: bolalardan biri (masa- lan, A stuldagi 3) biror bo‘sh stulga (masalan, D ga) o‘tadi, keyin “bo‘shagan” stulga (ya’ni, A ga) ikkinchi bola (endi bu B stuldagi 4 bo‘ladi) o‘tadi, oxirida “bo‘shagan” stulga (ya’ni, B ga) birinchi bola (endi bu D stuldagi 3) o‘tadi. Demak, masalaga mos dasturda qo‘shimcha D o‘zgaruvchi kiritish kerak ekan. Dasturi: Var A, B, D: integer; Begin Write(‘A ni qiymatini kiriting: ’); ReadLn(A); Write(‘B ni qiymatini kiriting: ’); ReadLn(B); D:=A; A:=B; B:=D; Writeln(‘Marhamat: A= ’, A, ‘; B= ‘, B); End. 76. A va B haqiqiy turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring, ya’ni: A=3.5, B= –4.2 bo‘lsa, A= –4.2, B=3.5 bo‘lsin (yo‘llanma: av- valgi masala yechimida o‘zgaruvchilar turi Real tanlanadi). 77*. A va B satrli turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring, ya’ni: A=‘403‘, B=‘34‘ bo‘lsa, A=‘34‘, B=‘403‘ bo‘lsin (yo‘llanma: avvalgi ma- sala yechimida o‘zgaruvchilar turi String tanlanadi). 78*. Elementlari satrli va soni 4 ta bo‘lgan A va B massivlar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring. Yechim:
Massivlar qiymatlarini almashtirish uchun D:=A; A:=B; B:=D; (bu xossani Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling