Inflatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyot-dagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflatsiyani anglatmaydi.
121
Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta’sir qilish imkoniyatlari juda kichik bo‘ladi.
Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo‘lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo‘lishiga qaramay investitsion, bank, valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Inflatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo‘lib quydagilar hisoblanadi:
davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar. Valutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati
o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valuta kursi shunchalik past bo‘ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya sur’atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |