B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Download 0.55 Mb.
|
5.5.1-jadval ma’lumotlarini 5.5.1-rasmda grafik tarzda tasvirlaymiz. 5.5.1-rasmda ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli obligatsiyalar narxi qisqa muddatli obligatsiyalarga qaraganda bozor stavkasi o‘zgarishiga ancha ta’sirchan, chunki obligatsiyaning bozor narxi obligatsiya daromadliligi joriy bozor stavkasiga teng bo‘ladigan darajada o‘rnatiladi. 5.5.1-rasm. Bozor stavkasini uzoq va qisqa muddatli obligatsiyalar narxiga ta’siri 116 Shunday qilib, bozor stavkasi 15% dan 20% gacha ortganda, 15% lik kupon obligatsiya egasi qaytarish muddati 1 yil bo‘lganda bir marta, 10 yil bo‘lganda 10 marta nominalning 5% ini yo‘qotadi. O‘z navbatida, stavka oshgan zahoti obligatsiya sotilsa, uning egasi kelgusi zararlarning joriy qiymati uchun nominal qiymatdan kamroq narxga umid qilishi mumkin. Masalan, 1 yil muddatli obligatsiya uchun zararning joriy qiymati quyidagiga teng:
Bu yig‘indida birinchi qo‘shiluvchi birinchi yil uchun, ikkinchisi – ikkinchi yil uchun va oxirgisi – o‘ninchi yil uchun zararlarga javob beradi. Birinchi holda obligatsiya narxi 1000 – 41,67 = 958,33 sh.b., ikkinchi holda esa 1000 – 209,62 = 790,38 sh.b. Shu tariqa, boshqa barcha teng sharoitlarda foiz stavkalari riski uzoq muddatli obligatsiyalar uchun yuqoriroqdir. Ta’kidlash joizki, qisqa muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari riski uzoq muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari riskidan kamroq bo‘lishiga qaramay, qayta investitsiyalash riski, ya’ni, qayta investitsiyalash paytida daromadlarni kamaytirish riski aynan qisqa muddatli obligatsiyalar uchun yuqoridir. Darhaqiqat, bozor foiz stavkasi 15% dan 10% gacha tushirilsa, qaytarishda olingan 1 yil muddatli 15% lik kuponli obligatsiya faqat 10% bilan qayta investitsiyalanishi mumkin, ayni vaqtda o‘n yillik obligatsiya o‘n yil davomida 15% lik daromadlilikni ta’minlaydi, ya’ni, birinchi holda obligatsiya egasi har yili nominal qiymatning 5% ini yo‘qotadi. Nazorat savollari 1. Foiz riskini keltirib chiqaruvchi sabablarni ayting. 117 Foiz stavkalarini o‘zgarishi qanday risk turlarini keltirib chiqaradi? Foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni sanang. Foizlar bilan operatsiyalar deganda nimani tushunasiz? Fiksirlangan foiz stavkalari uchun kapitalning oshirilgan qiymatining t muddatga bog‘liqligini tushuntirib bering. Uzluksiz foiz formulasi amaliyotda qo‘llaniladimi? Foiz marjasi nima? Foizlarning o‘rtacha qiymatlarini hisoblashda qanday usullar-dan foydalaniladi. O‘rta garmonik qiymatni hisoblash formulasini yozib bering. Foiz stavkalari riski deganda nimani tushunasiz? Test Foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar ehtimoli nima deb ataladi. A) investitsiya riski; B) inflatsiya riski; C) kredit riski; D) foiz riski. Daromad keltiruvchi aktivlar bo‘yicha foiz daromadlar bilan kredit tashkilotining majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlari o‘rtasidagi farq ......... deb ataladi. A) foiz marjasi; B) foizli daromad; C) foizli xarajat. D) foiz qoplamasi. Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik stavkasi nima deb ataladi. A) daromad stavkasi; B) marja stavkasi; C) foiz stavkasi; D) moliyaviy dastak. Uzluksiz foiz formulasi berilgan javobni ko‘rsating. R = R(1 + i) ; 118 B)R =R 1+ ∗; R = R ∗ e ; R = R(1 + i ∗ n). Foiz stavkalari farqlanishiga ta’sir qiluvchi omillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) moliyaviy majburiyatlarning bajarishgacha bo‘lgan vaqt, soliqqa tortish; B) majburiyatlarni bajarmaslik riski, moliyaviy majburiyatlar likvidligi; C) aktivlar bilan ta’minlanganligi, shartnomaga tanlash huquqi kiritilganligi; D) barcha javoblar to‘g‘ri. Foiz stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq investitsiyalash riski nima deb ataladi. A) daromad stavkasi riski; B) foiz stavkasi riski; C) kredit stavkasi riski; D) foiz riski. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling