% = % ga kamaygan.
5.4.4-misol. Bir yil mobaynida tovarning so‘mdagi narxi 500% ga, xuddi shu tovarning dollardagi narxi esa 20% ga oshdi. Dollarning so‘mga nisbatan kursi necha foizga o‘zgargan?
Tovar narxi R so‘m, keyin esa (6R) so‘m, ya’ni, uning qiymati 500% yoki 6 martaga oshgan deb olsak, u holda dollar ekvivalentida tovar avval D $, keyin esa (1,2D) $ bo‘lgan.
Ayonki, inflatsiyaga qadar dollarning so‘mga nisbatan kursi ni, inflatsiyadan so‘ng , = ni tashkil qilgan. O‘z navbatida,
yoki 400 foizga oshgan.
112
5.5. Foiz stavkalari riski
Moliya bozorida foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi unda muomala qilayotgan obligatsiyalar narxida tebranishlarni keltirib chiqaradi, buning ustiga, foiz stavkalarining oshishi narxlar pasayishiga va obligatsiyalar egalari zarar ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Foiz stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq investitsiyalash riski foiz stavkalari riski deb ataladi.
Har qanday moliyaviy aktiv: aksiyalar, obligatsiyalar, jismoniy aktivlar (ko‘chmas mulk, uskunalar) va boshqalarning qiymati shu aktiv bilan bog‘liq to‘lovlar oqimining joriy qiymati sifatida ta’riflanadi. Obligatsiyalar uchun to‘lovlar oqimi kupon foizlaridan to‘lovlar va nominal qiymatdan qoplashdan iborat oddiy rentani o‘zida aks ettiradi. Bu holatda obligatsiyalarning joriy qiymati shunday rentaning joriy qiymatiga teng.
i – joriy bozor foiz stavkasi, P – obligatsiyalarning nominal qiymati, k – kupon foiz stavkasi, K = P·k – kupon to‘lovlari qiymati, Pt – obligatsiyalarning joriy bozor qiymati, t – obligatsiyalarni to‘lashgacha bo‘lgan muddat bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |