bu yerda: Mhaq - foiz marjasining haqiqiy darajasi; Df - foizli daromad;
Xf - foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar; Af - foizli daromad keltiruvchi aktivlar.
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi omillarga investitsion qo‘yilmalarining tarkibi va hajmi hamda ularning manbasi, to‘lovlar muddati, foiz stavkalarining foydalanilishi va ularning harakati kiradi. Ta’minlangan va yuqori riskli kreditlarni uzoq va qisqa muddatlarda joylashtirish, shuningdek kreditlash hajmi daromad qo‘yilmalarni aniqlaydi. Foiz marjasining hajmiga kredit qo‘yil-malari va ularning to‘lov vaqtlari bo‘yicha manbasi nisbati, shuningdek foiz stavkalarini ko‘rib chiqish muddatlari ta’sir qiladi.
5.3. Foizlarning o‘rtacha qiymatlari
Moliyaviy operatsiyalarda keng qo‘llaniladigan o‘rtacha qiymat-larning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. O‘rtacha qiymatlar mavjud
109
axborotni kamaytirishga imkon beradi. Masalan, agar sanoatda n kishi ishlasa va har bir xodim bo‘yicha uning daromadlari i, (i =1, n) to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, u holda o‘rta arifmetik deb ataluvchi qiymatni hisoblash yo‘li bilan tarmoqlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini aniqlash mumkin:
Bundan tashqari, o‘rta geometrik kabi kattalikdan ham foydalanish mumkin. Masalan, n yilning har biri uchun αi inflatsiya indekslari bo‘yicha ma’lumot mavjud deb faraz qilaylik (i =1, n). αi i-yil oxiridagi narx darajasining yil boshidagi narx darajasiga nisbati bo‘lganligi bois, butun n yil mobaynida daraja (α1, α2 … , αn) marta oshadi. Shuning uchun narxlarning o‘rtacha yillik indeksini aniqlash uchun o‘rta geometrikdan foydalanish yaxshiroq:
Do'stlaringiz bilan baham: |