B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
Davlat investitsiya siyosatining maqsadi, mohiyati va ustivor yo’nalishlari
Download 0.77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Investisiyalarning iqtisodiy mohiyati va turlari
2. Davlat investitsiya siyosatining maqsadi, mohiyati va ustivor yo’nalishlari
Iqtisodiyotni taraqiyot strategiyasi asosida rivojlantirish va hayot sifatini oshirishning zaruriy sharti yuqori investitsion faollikdir. Buning uchun sarmoyalarni jalb qilishni rag'batlantirish va qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadga muvofiqdir. Davlatning investitsiya siyosati - bu mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarning zarur hajmini shakllantirish, aholi, tadbirkorlar va davlatning investitsiya faolligini oshirish bo'yicha o'zaro bog'liq chora-tadbirlar majmuidir. Davlat investitsiya siyosatining asosiy vazifasi iqtisodiyot va ijtimoiy muhitni rivojlantirish uchun investitsiya resurslarini jalb qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qulay muhitni shakllantirishdan iborat. Amalda ushbu vazifani amalga oshirish ko'plab omillar va vujudga kelgan vaziyatlarga ham bog'liq. Masalan, mamalakatimizda karonavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar doirasida davlat budjeti daromadlari 2,8 trillion so‘m yoki YIMning 0,4 foiz miqdorida kamaydi. Shu bilan birga, 2020 yilda o‘tgan 2019 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan investitsiyalar hajmi va o‘sish sur’atlari biroz pasaydi (prognoz qilingan 108,2 foizga nisbatan 87,2 foiz), lekin iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 39 ta yirik loyihalar obyektiv sharoitlar tufayli belgilangan muddatidan kech ishga tushirildi. Bu nafaqat 2020-yilda, balki 2021-yilda YIMning o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir qildi. Ichki bozorda xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berishda transport-logistika cheklovlari, korxonalarning vaqtincha yopilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo‘llangan karantin choralari importning 15 foiz qisqarishiga va eksport hajmini kamayishiga olib keldi. Masalan, 2020 yilning birinchi yarmida eksportdagi yo‘qotishlar 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,8 milliard dollarga, jumladan, tabiiy gaz eksporti 735 million dollar, turizm xizmatlari — 399,1 million dollar, aviatsiya xizmatlari — 150,3 million dollar; meva-sabzavot mahsulotlari — 215,5 million dollar; mis va rux mahsulotlari — 106 million dollar miqdorida hosil bo’ldi. Koronavirus pandemiyasidan turizm, transportning barcha turlari, umumiy ovqatlanish, nooziq-ovqat tovarlari savdosi do’konlari, barcha turdagi ta’lim, madaniy va ko‘ngilochar muassasalari eng ko‘p zarar ko‘rdilar. Vaziyat shunday murakkablashdiki, ushbu tarmoqlarning inqirozgacha faoliyatini tiklash nafaqat O‘zbekiston Hukumatining choralari, balki dunyoda infeksiya tarqalishining umumiy holati bilan bog‘liq bo’ldi. Jahonda kichik va oʻrta korxonalar COVID-19 inqirozidan, xususan, xorijiy investorlar bilan oʻzaro aloqa kanallarining yoʻqolishi va xalqaro ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi kabi jiddiy zarar koʻrdi. Ko‘pgina xorijiy investorlar mahalliy yetkazib beruvchilardan ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, materiallar va xizmatlar sotib olishni to‘xtatdilar. Texnologiyani yo'qotish xavfi va xorijiy kompaniyalardan ilg'or tajriba va nou-xaularning o'tkazilmasligi ham pandemiyaning salbiy ta'sirlari sifatida namoyon bo’ldi. Kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy yordam COVID-19 pandemiyasining oqibatlariga qarshi kurashish bilan bog'liq ko'plab davlat yordam paketlarining (keyingi hollarda - DYP) asosiy qismiga aylandi. DYP odatda kechiktirilgan to‘lovlarni qoplash, etkazib beruvchilarni xaridorlar orqali bilvosita moliyalashtirish, firmalar uchun soliq imtiyozlari, rivojlanish dasturlarini birgalikda moliyalashtirish va mahalliy firmalarni moliyaviy resurslar bilan bevosita ta'minlashni o'z ichiga oladi. Rivojlangan davlatlarda investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha xalqaro deklaratsiyalar qabul qilindi. So'nggi paytlarda turli mamlakatlar va mintaqaviy birlashmalar tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida savdo va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator siyosiy bayonotlar berildi. 2020-yil 27-martda eʼlon qilingan bayonotda G20 guruhiga kiruvchi mamalakatlar ishchilarni, kompaniyalarni, ayniqsa mikro, kichik va oʻrta korxonalarni hamda eng koʻp zarar koʻrgan sektor va tarmoqlarni himoya qilishga intilishdi. Ular, shuningdek, soliq siyosati, iqtisodiy chora-tadbirlar va COVID-19 pandemiyasi oqibatlaridan kelib chiqqan iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlarga qarshi kafolatlar sxemalari doirasida jahon iqtisodiyotiga 5 trillion AQSH dollardan ko'proq hissa qo'shdilar. Ular keng ko'lamli moliyaviy yordam ko'rsatishni davom ettirish va hayotni saqlaydigan tibbiy buyumlar, muhim qishloq xo'jaligi mahsulotlari va boshqa tovarlar va xizmatlarni chegaralar orqali etkazib berishni ta'minlash va global ta'minot zanjirlaridagi uzilishlarni bartaraf etish bo'yicha ishlarni davom ettirish majburiyatini oldilar. Mazkur mamlakatlar erkin, adolatli, kamsitilmaydigan, shaffof, bashorat qilinadigan va barqaror savdo va investitsiya muhitini yaratishga va COVID-19 pandemiyasi sharoitida o‘z bozorlarini ochiq saqlashga va’da berdilar. O‘zbekiston Respublikasida ham koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda investitsion faoliyatga ta’sirining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining investitsiyaviy faolligini tiklash, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus investitsiya siyosati amalga oshirish rejalshtirildi va bu siyosat hanuzgacha davom ettirilmoqda. Odatda investitsiya siyosati quyidagilarga qaratiladi: har bir davr uchun tegishli hajmlardagi investitsiyalarni aniqlash; sanoat, ishlab chiqarish, texnologik, hududiy va mulk shakllari bo'yicha investitsiyalarning tarkibini aniq belgilash; investitsiyalarning ustuvor yo'nalishlarini tanlash; investitsiyalar samaradorligini oshirish va boshqalarga. Davlat investitsiya siyosatining asosiy yo'nalishlari va umumiy qoidalari (markazlashtirilgan maqsadli investitsiyalar ajratish, imtiyozli kreditlash shartlari va boshqalar) har bir davlatda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, ba’zi mamlakatlarda esa moliya vazirligi tomonidan uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyaning qoidalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, O’zbekistonda 2035-yilgacha ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq mintaqaviy hokimiyat transportning qulayligi, investitsiya uchun tayyorlangan ob'ektlarning mavjudligi, malakali mehnat resurslari, imtiyozlar va mavjud axborot ta'minotini hisobga olgan holda investitsiya siyosatiga qo'shimchalar kiritmoqda. Bunday chora-tadbirlar investitsiya resurslaridan maqsadli foydalanishni ta'minlash va natijalar monitoringini olib borishga qaratilgan. Mazkur konsepsiyada belgilanishicha 2035-yilgacha dunyoning rivojlangan 50 ta mamlakati qatoriga kirish uchun O'zbekistonga taxminan 1 trillion AQSh dollari miqdoridagi sarmoyalar zarur. Shunday qilib, investitsiya siyosati, yagona ilmiy-texnikaviy siyosat va davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismidir. Investitsion siyosatning maqsadi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning strategik rejasini amalga oshirishdan iborat. Ammo uning yakuniy maqsadi ichki iqtisodiyotni yuksaltirish va ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiya faoliyatini jonlantirishdir. Investitsion siyosatning yo’nalishlari quyidagilar kirishi mumkin: • iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash va ularni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; • mahalliy mahsulot (xizmatlar)ning raqobatbardoshligini ta'minlash; • kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash; • eksport tarmoqlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; • iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda mutanosiblikni ta’minlash; • mamlakatda uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish va boshqalar. Ishlab chiqilgan va qabul qilingan investitsiya siyosati uni amalga oshirishning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yordamida amaliyotga tatbiq etiladi, unga quyidagilar kiradi: • investitsiyalarni moliyalashtirishning ishonchli manbalari va usullarini tanlash; • uni amalga oshirish muddatlarini belgilash va mas'ul organlarni tanlash; • investitsiya bozori faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yaratish; • investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish. Davlat investitsion siyosatidan tashqari, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mintaqaviy (Oʻzbekiston Respublikasi subʼyektlari boʻyicha), yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼyektlarining investitsiya siyosati ham mavjud. Ularning barchasi bir-biri bilan bog’lik holda hayotga tadbiq etiladi. 1.3. Investisiyalarning iqtisodiy mohiyati va turlari Investitsiyalar iqtisodiyotda juda muhim rol o'ynaydi. Ular iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun ob’ektiv zarurdir. Faol investitsiya jarayoni butun mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oldindan belgilab beradi, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu, o'z navbatida, korxonalar faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, yalpi milliy mahsulotning o'sishiga olib keladi, mamlakatning tashqi bozordagi faolligini oshiradi. Shuning uchun, iqtisodiyotni taraqiyot strategiyasi asosida isloh qilishning mazmun-mohiyati nuqtai nazaridan investitsiya faolligini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilash muammosi asosiy masalalardan biridir. Hozirgi bozor tipidagi iqtisodiyotda xo'jalik yurituvchi sub'ektlar investitsiyalar bo'yicha o'zlari qaror qabul qiladilar. Shu bilan birga, xo’jalik sub’ektlari kapital qo’yilmalarni mustaqil ravishda yoki raqobat asosida moliya bozorlaridan qarz olish yo’li bilan moliyalashtiradilar. Investitsiyalarga bo'lgan ehtiyojning asosiy mezonlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va foydani maksimal darajada oshirishdir. Bundan tashqari, asosiy sanoat tarmoqlarining holatidagi texnologik o'zgarishlar katta mablag'larni talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston respublikasida harakatlar strategiyasi asosida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, uning raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo'jaligini modernizatsiya va intensiv rivojlantirish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish; tadbirkorlarni huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va xususiy mulkni ustuvor rivojlantirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish; viloyatlar, tumanlar va shaharlarni har tomonlama va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish. Bularning barchasi katta miqdordagi barcha turdagi sarmoyalarni shakllantirish va amalga oshirishni talab qiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling