B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
VI Bob. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi
Download 0,77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
VI Bob. Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi
6.1. Investitsiya loyihalarini dastlabki texnik iqtisodiy (DTIA) asoslarini ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi. Ma’lumki texnik-iqtisodiy asos (TIA) - bu yangi mahsulot, xizmat, jarayon yoki texnologiyani joriy etishning maqsadga muvofiqligini isbotlovchi hujjat. Texnik -iqtisodiy asosni ishlab chiqish to'g'ri uskunani tanlashga, ishlab chiqarishning mos texnologiyalarini tanlashga va amalga oshirishga, kompaniya faoliyatini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U yangi ob'ekt uchun yoki mavjud tuzilma yoki tizimni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan va kamida 2 variantni taqqoslashni o'z ichiga oladi. Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Investitsiyaviy loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari bo‘yicha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin. Investitsiyaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Loyihaning TIAni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (TT) ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning birinchi bosqichi quyidagilardan iborat:
Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish 2-bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz va buyurtmachi o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ko‘rsatiladigan xizmat narxi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha oldi, loyiha, tender ujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Loyihalarning dastlabki texnik iqtisodiy asoslanishini yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, texnik-iqtisodiy asoslanishini yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun haq ushbu qarorning 4-ilovasida belgilangan tartibda undiriladi. Ekspertiza 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi. Markaz hujjatlar taqdim etilgan va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgani tasdiqlangan kundan boshlab 30 kun ichida tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi va xulosani davlat buyurtmachisiga yuboradi. Tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon Markazning ijobiy xulosasi olingandan keyin portalda joylashtiriladi. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq ekspertizadan o‘tkazgach, ushbu ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlar veb-saytda joylashtiriladi, tender hujjatlari yoki texnik topshiriqning asli esa davlat buyurtmachisiga qaytariladi. Markaz tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etishi ham mumkin. Odatda quyidagi sabablar tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ijobiy xulosa berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda davlat buyurtmachisiga yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda veb-sayt orqali yuboriladi. Davlat buyurtmachisi qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritish huquqiga ega. Ammo ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar davlat buyurtmachisi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ko‘pi bilan 10 kun ichida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertizasi markazi" DUK (keyingi o'rinlarda Markaz deb yuritiladi) quyidagi loyihalar uchun loyiha oldidagi hujjatlarni keng qamrovli ekspertizadan o'tkazadi:
Mazkur agentlik ma’lumotlaruga ko’ra, Joriy 2022 yilda 9,5 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirish, eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Download 0,77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling