B. S. Isomov, L. N. Jiyanov
Investitsiya dasturining amalga oshirilish muddatlari va shartlari
Download 0.77 Mb.
|
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron
5.2. Investitsiya dasturining amalga oshirilish muddatlari va shartlari
Optimal investitsiya dasturi - bu korxonaning strategik maqsadlariga erishishni, shu bilan birga mavjud vaqt va resurslar cheklanishini kuzatishni ta'minlaydigan dastur. Agar ichki zaxiralar kompaniyaning investitsiyalarga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondira olmasa, tashqi moliyalashtirish orqali chetdan mablag 'jalb qilish zarur bo'ladi. Investitsiya dasturining muvaffaqiyatli bajarilishining asosiy omillari: • loyihaning barcha ishtirokchilari manfaatdor bo'lgan aniq shakllangan maqsadlar; • kerakli moddiy ob'ektlarning mavjudligi (ko'chmas mulk, materiallar, uskunalar va boshqalar); • tuzatilgan texnologik jarayonlar; • barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi (huquqiy, texnik, texnologik); • moliyaviy resurslar, mehnat resurslari; • professional boshqaruv xodimlari va vakolatli qarorlar qabul qilish qobiliyati. Investitsiya dasturi uchun loyiha, uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko’ra amalga oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi: - birinchi bosqichda – loyiha tarmoq va mintaqani rivojlantirish hamiyatiga ega ekanligi aniqlangandan so’ng baholanadi; - ikinchi bosqichda – loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini rivojlantirish imkonini beruvchi loyiha bolsa tanlab olinadi. Birinchi bosqichda loyihaning ustivorligini aniqlash uchun quyidagi mezonlar e’tibor qaratiladi: loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi; moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik; mahalliy xom – ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi; tayyorlangan mutaxasslarning mavjudligi; loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi; ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi tomonidan har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda belgilanadi. Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgartirishlar prognozi muvofiq qo’shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi: - tarmoq (mintaqa) ning istiqboldagi prognoz o’sish sur’atlari; - eksport salohiyatining prognoz o’sish sur’atlari; - tarmoqning umuman respublika bo’yicha makroiqtisodiyot ko’rsatkichlariga ta’sirining o’zgarishi; - tarkibiy omillar; - ilgari quyilgan investitsiyalar samaradorligi; - asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi; - loyihaning ijtimoiy ahamiyati. Ikkinchi bosqichda tanlab olish natijalariga ko’ra dasturga kiritilgan ob’ektlarning aniq dasturi shakllantiriladi. Dasturni va investitsiya loyihalarni amalga oshirishning birinchi yili ko’rsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o’zaro bog’langan bo’lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda o’zgartirilmaydi. Dasturni va investitsiya loyihalarni amalga oshirishning ikkinchi va keyingi yillari ko’rsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarni bir qismi yangi loyihalarda almashtirilishi mumkin. Dasturning yig’ma ro’yxatiga vazirliklar va idoralar, Qoraqaopog’iston Respublika Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar xokimliklari, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar va tashkilotlarning ustivor investitsiya takliflari kiritiladi. Buyurtmachilar tasdiqlangan investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro’yxatini va Dasturini amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi yillariga kiritilgan ob’ektlar bo’yicha loyiha-qidiruv ishlarini aniq ro’yxatini aniqlashtiradilar. Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarining aniq ro’yxatlari Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda investorlar (buyurtmachilar ) tomonidan tasdiqlangan. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro’yxatlari, investorlar (buyurtmachi) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi. Kredit resurslarni jalb etgan vaqtda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq ro’yxatlari tegishli, kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo’lganda tasdiqlanadi. Qurilishning aniq ro’yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish Kengashining alohida qarorlari bo’yicha aniqlashtirilishi mumkin. Ba’zi vaziyatlarda, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tanlov savdolari natijalariga ko’ra “boshqa xarajatlar” limiti hisobiga asbob-uskunalar xarid qilish limiti aniqlashtirilishiga yo’l qo’yiladi. Investitsiya dasturining boshqa bir xususiyati ham mavjuddir. Dastur iqtisodiy tarmoqlarni zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqrishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o`z ichiga oladi. Mazkur vazifani qo`shma korxonalar bajarishi mumkin, ya`ni to`gridan to`gri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo`li bilan hal etish mumkin. Qurilishning titul ro’yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Dastur tasdiqlangan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga ko’ra shakllantiriladi. Dasturdagi qurilishning titul ro’yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Qurilishning tasdiqlangan ro’yxatida kapital qo’yilmalar limitlari bunda, qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha – qidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi buyurtmachilar xarajatlari alohida ko’rsatiladi) qurilish yillari bo’yicha taqsimlangan holda ajratib ko’rsatiladi. Investitsiya Dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal qilishlari kerak: Dasturni amalga oshirishning 1 yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro’yxati va moliyalashtirish bilan ta’minlangan (kelgusi yilga o’tuvchi va yangidan boshlanayotgan ) qurilishlarning aniq ro’yxati tuziladi; Dasturni amalga oshirishning 2 yiliga unga kelgusi yillar loyiha – qidiruv ishlarining aniq ro’yxati va birinchi yildan o’tuvchi qurishlarning prognoz ro’yxati va dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha xujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga qo’yiladigan yangidan boshlanadigan ob’ektlar kiritiladi; Dasturning amalga oshirishning uchinchi yilida unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro’yxati va tanlov savdolari natijalariga ko’ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o’tuvchi qurilishlarining prognoz ro’yxati, loyiha xujjatlari ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan ob’ektlar kiritiladi. Davlatning tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo`lib, bu milliy huquqiy tartibot, milliy xuquqiy shakllar va normalardan (qonunlar va boshqa me`yoriy aktlar) hamda xalqaro-huquqiy tartibot, xalqaro-huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko`p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida xam ichki ham tashqi investitsiya siyosatlari hisobga olinishi shart. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling