B. S. Isomov, L. N. Jiyanov


II Bob. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi ustuvor yo’nalishi bo’yicha investitsion faoliyatni rivojlantirish omillari


Download 0.77 Mb.
bet9/44
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1245300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
2. Isomov B.S. L.N. Jiyanov oxiron

II Bob. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi ustuvor yo’nalishi bo’yicha investitsion faoliyatni rivojlantirish omillari

2.1. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi asosida investitsiyalarni jalb etish maqsadlari va vazifalari.
Ma’lumki, 1991 yildan boshlab mamlakatimiz iqtisodiyotida bir qator islohotlar o’tkazildi. Makroiqtisodiy rivojlanish sur'atlarining o’sishi, aholining bandligini ta’minlash hamda kambag’allikni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirililayotgan islohotlar ijobiy natijalarini vujudga keltirmoqda. Bundan tashqari mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiya alohida bosqichlarga bo’linib jamiyat, jumladan iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hayotga tadbiq qilinmoqda. Uning har bir bosqichi uchun alohida maqsadli Davlat dasturi ishlab chiqarildi. Harakatlar strategiyasida mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiyaning faolligi sur’atlariga, bu esa investitsion muhitga bog’liq. Investitsion muhit iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida, jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda xorijiy investorlar yanada faol ishtirok etishi uchun yaratilgan huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni takomillashtirishni taqozo etadi.

Bosqichlar

Maqsadlar va indikatorlar

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili



-Bitimlar va sarmoyaviy shartnomalar imzolash;
-eksport hajmini oshirish;
-mashina va uskunalar importini o’z vaqtida amalga oshirish;
-yangi erkin iqtisodiy zonani tashkil etish va boshqalar.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab -quvvatlash yili

-davlatlararo aloqalar hisobidan investitsiyalar bitimlari tuzishga erishish.
-yirik va kichik erkin itisodiy zonani tashkil etish va boshqalar.

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili



-investitsion faoliyat faolligini oshirish;
-ijtimoiy ob’ektlarni yangilash va qurishda kapital qo’yilmalning hissasini yuksaltirish;
-eksport hajmini 30 foizga oshirish
-aholi oʻrtasida ishsizlikni kamaytirish
-jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”dagi mamlakatimiz oʻrnini yuqori pozitsiyaga koʻtarish va boshqalar.

Ilm, ta'lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili



xususiylashtirishni rag'batlantirish; xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko'maklashish; investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; bank sektorining samaradorligini oshirish; qishloq xo'jaligi sohasini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarga investitsiyalar kiritish. Ijtimoiy va ekologik sohalarni rivojlantirish.

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi sog'lig'ini mustahkamlash yili 

Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari – GSP+ tizimini tatbiq etish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotning liberallashuvi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun YETTBning mahalliy rasmiylar bilan muvofiqlashtirilgan islohotlar yo'nalishlari tarkibiga moliyaviy institutlarning kreditlash imkoniyatlarini kuchaytirish ham ko’zda tutilgan.


Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat investitsiya va iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, daromadlar bazasini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportbop mahsulot va materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik va xorijiy investorlarni rivojlantirish uchun investitsiya jozibadorligini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish; bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek, turizm sohasini jadal rivojlantirish ham ko’zda turilgan.
Bu yoʻnalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, zargarlik sanoatini rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi.
2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard dollarlik 649 ta investisiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada yaqin 5 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash sanoatining ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Shuning uchun harakatlar strategiyasida barcha investorlar va iqtisodiy sub’ektlat uchun qulay investitsion muhit yaratishga alohida e’tibor berilgan.
Yuqorida nombar qilingan chora-tadbirlar asosida quyidagi asosiy vazifalarni ajratish mumkin:

  • iqtisodiyotni yanada rivojlantirish;

  • liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;

  • yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;

  • qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish;

  • xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish;

  • hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish;

  • investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.

Albatta, iqtisodiyotni harakatlar strategiyasi rivojlantirish sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya'ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o'sishi ko'p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog'liq. Mamlakatning baraqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishish uchin investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yangi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davrini ifodalovchi milliy dasturamal sifatida namoyon bo’lmoqda. Unda itisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilishning asosiy ustuvor yo’nalaishlari aks ettirilgan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling