B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
HARFIY SAN’ATLAR Arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epik timsollar chizishda foydalanishni nazarda.
HIJO (ar. boʻgʻin) Sheʼriy nutqning ritmik birligi, yaʼni soʻzning bir nafas zarbi bilan aytiladigan qismi. Hijo koʻpincha tilshunoslikdagi boʻgʻin tushunchasiga toʻgʻri keladi, baʼzan boʻgʻindan farqli oʻlaroq undosh tovushning oʻzidan ham tuzilishi mumkin. Masalan, Vasl bogʻi / ichra sendek / shohi zolim/ koʻrmadim, Ishq koʻyi/da oʻzimdek/ notavone topmadim. (Alisher Navoiy) baytidagi vasl, ishq soʻzlaridagi l va q undoshlari mustaqil hijoni tashkil etadi. Hijo talaffuziga ketgan vaqt va tuzilishiga koʻra ikkiga boʻlinadi; choʻziq (–) va qisqa (V) hijo. Choʻziq hijo unli bilan tugasa, qisqasiga nisbatan choʻziqroq talaffuz qilinadi yoki undosh bilan tugaydi (chunonchi, yuqoridagi: Vas-l bo-gʻi kabi). HIKOYA Badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan – bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A. Qahhorning “Oʻgʻri” hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida “Bu shart kuzda maʼlum boʻladi”, deb xabar beradi xolos. Gʻ.Gʻulom esa “Mening oʻgʻrigina bolam” hikoyasidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi. Hikoya mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy hikoyalar (N.Fozilovning “Ustozlar davrasida”) ham boʻladi. HIKOYAT Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlaridagi adabiy termin. Har qanday she’riy va nasriy asarni, koʻpincha voqeaband asarni anglatadi. Tor ma’noda muallifi yoʻq yozma nasriy epos. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling