FETISHISTIK Fetishizmga oid. Fetishistik qarashlar.
FETISHIZM (“fetish” so‘zidan) Ibtidoiy qabilalarda fetishlarga – ilohiylashtirilgan narsalarga topinish, sajda qilish (hozirda ham ikonalarga, ramziy haykalchalarga, ba’zi jonivorlarga sig‘inish, sajda qilish tarzida uchrab turadi).
FIZIOLOGIK Fiziologiyaga oid; fiziologiyaga daxldor bo‘lgan. Fiziologik jarayon.
FIZIOLOGIYA (yun. physis – tabiat + logos – bilim) 1. Odam, hayvon yoki o‘simlik organizmi va uning alohida bo‘laklari – muayyan sistemalari, a’zolari, to‘qimalari, hujayralari hayot faoliyatini (paydo bo‘lish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, atrof muhitga moslashish kabi jarayonlarni), ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni o‘rganuvchi fan. Umumiy fiziologiya. Qiyosiy fiziologiya. O‘simliklar fiziologiyasi.
FOLKLORIZM Yozma adabiyotda qoʻllangan ogʻzaki poetik ijod materiali. Ilmiy adabiyotlarda folklorizm “ikkinchi shakl” (K. Chistov) atamasi bilan ham yuritiladi. Yozma adabiyotda muallif yoki personaj nutqida qoʻllangan xalq maqollari, matal hamda iboralar oddiy folklorizm sanaladi. Ijodkorning folklorga xos tasvir uslubiga ergashishi, folklor materialidan oʻz asarida foydalanishi, folklorga mansub sujet yoki motivni asariga olib kirishi va boshqa murakkab folklorizm hisoblanadi. Asqad Muxtorning “Chinor”, Turob Toʻlaning “Suyuk momo”, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Qasam dara”, Oʻtkir Hoshimovning “Parvona kuni” kabi asarlarida folklorizmning yorqin namunalari bor.
G
GALLYUTSINATSIYA (lot. hallucinatio – xomxayol; alahlash) Bosh miya faoliyatining buzilishi natijasida ko‘ruv, eshituv, sezuv, hidlov a’zolarining chalg‘ishi, yo‘q narsa va hodisalarni bordek idrok etash.
GENEZIS (yun. genezis - kelib chiqish, yuzaga kelish) Kelib chiqish, paydo bo‘lish tarixi.
GIMN (yun. himnos – madhiya) 1. Qadimgi yunonlarda ilohlarni ulug‘lash, maqtash uchun aytilgan qo‘shiq.
2. Mazmunan dasturiy xarakterdagi she’r asosidagi tantanavor qo‘shiq, muayyan ijtimoiy harakat, uyushma, muassasa, davlat va sh. k. larning atributlaridan biri, madhiyasi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi, “Internatsional”, “Jahon demokratik yoshlari federatsiyasi gimni” va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |